Sirojiddin Sayyid — biografiya

© ziyouz.uz portaliSirojiddin Sayyid
Sirojiddin Sayyid - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2023
Obuna bo‘lish
Zamonaviy o‘zbek she’riyatining atoqli vakili Sirojiddin Sayyid iste’dodli va izlanuvchi shoir. Uni tushunish ham ancha qiyin va murakkab. Boisi, shoir tafakkurining terangligi va ko‘proq ruhiyat shoiri ekanligidadir.
Tarjimai holi
U 1958-yil 30-oktabrda Surxondaryo viloyatida joylashgan Sariosiyo tumani Kundajuvoz qishlog‘ida matalgo‘ylik, dostonxonlik urf bo‘lgan oilada tavallud topgan. “Men shu hazin tovushlar dunyosida tarbiya topdim”, deydi shoir. Vaqt tez o‘tdi. Toshkent dorilfununining jurnalistika fakultetidagi talabalik yillari. Kitoblar, ilk she’rlar. Yana kitoblar. Pul qolmaganda qotgan nonlarni choyga bo‘ktirib, rohat qilishlar... Ana shoirning qisqacha tarjimai holi. Va yana o‘qish, o‘rganish, ijodiy izlanishlar... Buvasi Vahob shoir va amakisi Sayidumar aka kuylagan qushiqlarning chala qolganlarini to‘ldirish, xullas, Sirojiddin Sayyid “bobolarim” boshlagan dostonni so‘nggi nuqtasiga yetqazish mening burchim”, deb ahd qilgan shoir.
© ziyouz.uz portaliSirojiddin Sayyid
Sirojiddin Sayyid - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2023
Sirojiddin Sayyid
Ijodi
Shu kungacha uning “Ruhim xaritasi”, “Salqin xarsanglar kaftida”, “Sevgi mamlakati”, “Asragil”, “Mehr qolur, muhabbat qolur”, “Kuydim” va “Vatanni o‘rganish”, "Vatan abadiy"," Ustimizdan utgan oylar", "Qaldirg‘ochlarga ber ayvonlaringni" kabi bir qator she’riy to‘plamlari nashr etildi. Agar uning birinchi “Orzu” degan she’ri 1975-yilda chop etilgan bo‘lsa, birinchi to‘plami “Ruhim xaritasi”nomi bilan 1985-yilda bosilib chiqdi.
Sirojiddin Sayyid hamisha uyg‘oq shoir. U dunyo va hayotda, qishlog‘i va hovlisida, zamondoshlari, do‘stu-yorlari qalbida kechayotgan o‘zgarishlardan, yangilanishlardan voqif. Xususan, el-yurti tarixi, qismati dardini kuylash shoir uchun farz va qarz bo‘lib tuyildi.
Yurtim, menga zar kerakmas zargaringdan,
Kipriklarim unsalar bas gardlaringdan.
Men bir nasim bo‘lib keldim, men bir nasim,
Aytib o‘tsam deyman ko‘hna dardlaringdan.
Menga dunyo kerakmas, bir xas yetar,
Yassaviylar yotgan aziz yorlaringdan.
Ayniqsa, shoirning “katta yulga chiqib olgan ulug‘ Vatan” mehri beqiyosdir.
So‘qmog‘ingda men bir epkin
Yo bir nasimman.
Yaproq, sening, xas bo‘lsam gar
Sening xasing men.
Jayronlaring ko‘zlarida
Qolar so‘zingman,
Mening borim sen bilandir
Yo‘g‘im ham sen bilan.
Katta yo‘lga chiqqan ulug‘
Karvonim Vatan.
Xuddi shu jihatdan shoirning “Vatanni o‘rganish” (1996) nomli to‘plamiga kirgan she’rlar “Kuydim” (1994) to‘plamida go‘zal va mungli tuyg‘ularini yanada chuqurlashtirishga xizmat etadi. Bunda ona Vatan tushunchasini anglash, uning mohiyatiga yetish bosh tamoyil bo‘lib qoladi.
Sirojiddin Sayiid she’riyatida xalq og‘zaki ijodiga xos sodda, lo‘nda ifoda usuli mumtoz adabiyotimiz ohanglari bilan uyg‘unlashib ketadi. Buning ustiga shoir Sharqning Firdavsiy, Hofiz, Bedillaridan Navoiygacha, Yevropaning Artur Rembo, Pablo Neruda, Aleksandr Blok, Imant Ziyodanislargacha, o‘zimizning Cho‘lpon, Oybek, G‘.G‘ulomlardan E.Vohidov, A.Oripovlargacha o‘rganib, ulardan ilhom olgan. Ayni chog‘da ularni va o‘zini takrorlamaslik yo‘lini topgan. Sirojiddin Sayyid izlanuvchan, iste’dodli va ko‘p qirrali shoir sifatida o‘zbek she’riyati rivojida o‘z o‘rniga ega bo‘lmoqda.
U 2020-yil 18-yanvarda Oliy Majlis Senatori etib saylandi.
Sirojiddin Sayyid jamiyat, xalq oldidagi xizmatlari uchun munosib mukofotlangan. U 1999-yilda "Do‘stlik" ordeni, 2006-yilda "O‘zbekiston xalq shoiri", 2021-yilda "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlangan.
Yangiliklar lentasi
0