https://oz.sputniknews.uz/20231002/rossiya-bolalarni-tamaki-chekish-javobgarlik-39524498.html
Rossiyada bolalarni tamaki chekishga jalb etganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladi
Rossiyada bolalarni tamaki chekishga jalb etganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada bolalarni muntazam ravishda tamaki va tarkibida nikotin bor mahsulotlarni chekishga jalb etganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi mumkin. Hujjatga ko‘ra, Rossiya Jinoyat kodeksini voyaga yetmaganlarni chekishga jalb etganlik uchun, agar fuqaro bir yil ichida xuddi shunday qilmishlar uchun ma’muriy jazo olgan bo‘lsa, jinoyat javobgarlikni nazarda tutuvchi yangi modda bilan to‘ldirish taklif qilinmoqda.
2023-10-02T16:51+0500
2023-10-02T16:51+0500
2023-10-02T16:51+0500
rossiya
tamaki mahsulotlari
jinoiy javobgarlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/02/39524329_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_c7e8408ec3fe89e167d5da0a5c3002ee.jpg
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Rossiyada bolalarni muntazam ravishda tamaki va tarkibida nikotin bor mahsulotlarni chekishga jalb etganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi mumkin. Rossiya Davlat dumasiga tegishli qonun loyihasi kiritildi, deya yozadi RIA Novosti.Ta’kidlanishicha, hozir o‘smirlarni tamaki yoki tarkibida nikotin bor mahsulotlar – veyp, chilim, elektron tamaki va hokazolarni chekishga jalb qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik ko‘zda tutilgan.Hujjatga ko‘ra, Rossiya Jinoyat kodeksini voyaga yetmaganlarni chekishga jalb etganlik uchun, agar fuqaro bir yil ichida xuddi shunday qilmishlar uchun ma’muriy jazo olgan bo‘lsa, jinoyat javobgarlikni nazarda tutuvchi yangi modda bilan to‘ldirish taklif qilinmoqda.Bu qilmish uchun 100 ming rublgacha yoki mahkumning bir yilgacha maoshi va boshqa daromadi miqdorigacha jarima, yoki 240 soatgacha majburiy ishlar, yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari, yoki xuddi shu muddatga ozodlikdan cheklash nazarda tutiladi.Bundan tashqari, bolalarni ularni tarbiyalash majburiyati yuklangan ota-onalar, pedagog xodimlari yoki boshqa biror kishi tomonidan chekishga jalb etilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish ko‘zda tutilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20230825/tamaki-alkogol-sotish-taqiq-qonun-38238548.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/02/39524329_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_bb8846377957ff015a6e6a86037f226f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya bolalar tamaki chekishga jalb etganlik jinoiy javobgarlik
rossiya bolalar tamaki chekishga jalb etganlik jinoiy javobgarlik
Rossiyada bolalarni tamaki chekishga jalb etganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladi
Hozir bu qilmish uchun ma’muriy javobgarlik ko‘zda tutilgan.
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Rossiyada bolalarni muntazam ravishda tamaki va tarkibida nikotin bor mahsulotlarni chekishga jalb etganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi mumkin. Rossiya Davlat dumasiga tegishli qonun loyihasi kiritildi, deya
yozadi RIA Novosti.
Ta’kidlanishicha, hozir o‘smirlarni tamaki yoki tarkibida nikotin bor mahsulotlar – veyp, chilim, elektron tamaki va hokazolarni chekishga jalb qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik ko‘zda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, Rossiya Jinoyat kodeksini voyaga yetmaganlarni chekishga jalb etganlik uchun, agar fuqaro bir yil ichida xuddi shunday qilmishlar uchun ma’muriy jazo olgan bo‘lsa, jinoyat javobgarlikni nazarda tutuvchi yangi modda bilan to‘ldirish taklif qilinmoqda.
Bu qilmish uchun 100 ming rublgacha yoki mahkumning bir yilgacha maoshi va boshqa daromadi miqdorigacha jarima, yoki 240 soatgacha majburiy ishlar, yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari, yoki xuddi shu muddatga ozodlikdan cheklash nazarda tutiladi.
Bundan tashqari, bolalarni ularni tarbiyalash majburiyati yuklangan ota-onalar, pedagog xodimlari yoki boshqa biror kishi tomonidan chekishga jalb etilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish ko‘zda tutilgan.