https://oz.sputniknews.uz/20231002/ozbekiston-va-qatar-hamkorlikni-strategik-sheriklik-darajasiga-olib-chiqadi-39528587.html
O‘zbekiston va Qatar hamkorlikni strategik sheriklik darajasiga olib chiqadi
O‘zbekiston va Qatar hamkorlikni strategik sheriklik darajasiga olib chiqadi
Sputnik O‘zbekiston
Dohadagi “Amiri Devon” majmuasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
2023-10-02T17:11+0500
2023-10-02T17:11+0500
2023-10-02T17:22+0500
siyosat
qatar
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/02/39527319_0:64:1280:784_1920x0_80_0_0_7c8f0848db228c1ab28c8934a3baf7ff.jpg
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Dohadagi “Amiri Devon” majmuasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.O‘zbekiston rahbari matbuot xizmatiga ko‘ra, yetakchilar Ssiyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish va madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish masalalarini ko‘rib chiqishdi. Turli darajalarda muloqotlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro savdo hajmi oshmoqda, ikki mamlakat poytaxtlari o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Qatarning yirik kompaniyalari bilan qo‘shma loyihalar boshlandi.Tashrif arafasida Dohada O‘zbekiston elchixonasi ochildi, uning faoliyati samarali sheriklikni faol rivojlantirishga kuchli sur’at bag‘ishlaydi.Qatarda muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining maqsad va vazifalariga hamohang bo‘lgan “Nigoh 2030” davlat dasturiga yuqori baho berildi.Tomonlar savdo ko‘rsatkichlarini karrasiga oshirish, an’anaviy va “yashil” energetika, neft-kimyo, metallarni chuqur qayta ishlash, qurilish, turizm, moliya va boshqa sohalarda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.Ishbilarmonlik aloqalarini faollashtirish uchun 2024-yil yanvar oyida Dohada qo‘shma Hukumatlararo komissiya, Ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishlari va biznes forumini o‘tkazish taklif qilindi.Madaniyat, ta’lim va turizm sohalaridagi almashinuvni kengaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash lozimligi qayd etildi.O‘zbekiston Qatarning ilmiy va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish, biotexnologiyalar va sun’iy intellekt, “yashil” energetika borasida qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazishdan manfaatdor ekani ta’kidlandi. Dohada O‘zbekiston madaniyati va turizm haftaligini o‘tkazishga kelishib olindi.Global va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.Transafg‘on temir yo‘lini qurish loyihasini amaliy ilgari surish masalalarini qo‘llab-quvvatlash muhimligi qayd etildi.Tomonlar Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash uchun afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatishni davom ettirish muhimligi haqida yakdil fikr bildirdilar.Uchrashuv yakunida davlat rahbarlari bir qator qo‘shma “yo‘l xarita”larini tayyorlash va erishilgan kelishuvlarni samarali ro‘yobga chiqarish mexanizmlarini yaratish topshirig‘ini berdilar.Muzokaralardan so‘ng ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolandi.
qatar
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/02/39527319_100:0:1147:785_1920x0_80_0_0_090fbf569ace2496ca981c9a18f00896.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev qatar amiri shayx tamim bin hamad ol soniy muzokaralar doha tashrif
shavkat mirziyoyev qatar amiri shayx tamim bin hamad ol soniy muzokaralar doha tashrif
O‘zbekiston va Qatar hamkorlikni strategik sheriklik darajasiga olib chiqadi
17:11 02.10.2023 (yangilandi: 17:22 02.10.2023) Dohada Shavkat Mirziyoyev va shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Dohadagi “Amiri Devon” majmuasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston rahbari matbuot xizmatiga
ko‘ra, yetakchilar Ssiyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish va madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish masalalarini ko‘rib chiqishdi.
“O‘zbekiston bilan Qatar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada yuqori, strategik sheriklik darajasiga olib chiqishga qat’iy intilish bildirildi”, - deyilgan xabarda.
Turli darajalarda muloqotlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro savdo hajmi oshmoqda, ikki mamlakat poytaxtlari o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Qatarning yirik kompaniyalari bilan qo‘shma loyihalar boshlandi.
Tashrif arafasida Dohada O‘zbekiston elchixonasi ochildi, uning faoliyati samarali sheriklikni faol rivojlantirishga kuchli sur’at bag‘ishlaydi.
Qatarda muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining maqsad va vazifalariga hamohang bo‘lgan “Nigoh 2030” davlat dasturiga yuqori baho berildi.
Tomonlar savdo ko‘rsatkichlarini karrasiga oshirish, an’anaviy va “yashil” energetika, neft-kimyo, metallarni chuqur qayta ishlash, qurilish, turizm, moliya va boshqa sohalarda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.
Ishbilarmonlik aloqalarini faollashtirish uchun 2024-yil yanvar oyida Dohada qo‘shma Hukumatlararo komissiya, Ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishlari va biznes forumini o‘tkazish taklif qilindi.
Madaniyat, ta’lim va turizm sohalaridagi almashinuvni kengaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash lozimligi qayd etildi.
O‘zbekiston Qatarning ilmiy va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish, biotexnologiyalar va sun’iy intellekt, “yashil” energetika borasida qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazishdan manfaatdor ekani ta’kidlandi. Dohada O‘zbekiston madaniyati va turizm haftaligini o‘tkazishga kelishib olindi.
Global va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.
Transafg‘on temir yo‘lini qurish loyihasini amaliy ilgari surish masalalarini qo‘llab-quvvatlash muhimligi qayd etildi.
Tomonlar Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash uchun afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatishni davom ettirish muhimligi haqida yakdil fikr bildirdilar.
Uchrashuv yakunida davlat rahbarlari bir qator qo‘shma “yo‘l xarita”larini tayyorlash va erishilgan kelishuvlarni samarali ro‘yobga chiqarish mexanizmlarini yaratish topshirig‘ini berdilar.
Muzokaralardan so‘ng ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolandi.