Mirziyoyev Qatarda “yashil” energetika loyihalari bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazdi
07:31 02.10.2023 (yangilandi: 11:50 02.10.2023)
© Press-slujba Prezidenta Respubliki Uzbekistan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-oktabr kuni Doha shahriga kelgach, “Nebras Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad al-Hajriyni qabul qildi
© Press-slujba Prezidenta Respubliki Uzbekistan
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda energetika sohasida, eng avvalo, muqobil energetikada yangi loyihalarni ilgari surish bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-oktabr kuni Doha shahriga kelgach, “Nebras Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad al-Hajriyni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
“Nebras Power” – Qatarning yetakchi energetika korporatsiyasi. Kompaniya o‘ndan ziyod mamlakatda yirik loyihalarni amalga oshirgan.
Uchrashuvda energetika sohasida, eng avvalo, muqobil energetikada yangi loyihalarni ilgari surish bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
Davlat rahbari Sirdaryo viloyatida Qatar kompaniyasi ishtirokida bug‘-gaz texnologiyalari asosida quvvati 1,6 GVt bo‘lgan zamonaviy elektr stansiyasi qurilishi loyihasini amalga oshirish boshlanganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
© Press-slujba Prezidenta Respubliki Uzbekistan Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev po pribitii v gorod Doxu prinyal predsedatelya pravleniya kompanii "Nebras Power" Muxammada Al-Xajri
© Press-slujba Prezidenta Respubliki Uzbekistan
Surxondaryo viloyatida issiqlik elektr stansiyasini barpo etish loyihasi doirasida tayyorgarlik ishlari yakunlanmoqda.
Toshkent viloyatida 600 MVt quvvatli energiya saqlash tizimlarini yaratish hamda Qoraqalpog‘istonda 1 GVt quvvatli shamol elektr stansiyasini ishga tushirish bo‘yicha qo‘shma rejalar muhokama qilindi.
Uzoq muddatli sheriklik dasturini qabul qilish, unga, eng avvalo “yashil” energetikaga doir istiqbolli loyihalarni kiritish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Shuningdek, Qatarga davlat tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida Shavkat Mirziyoyev Qatar investitsiyalar agentligi direktori Bandar bin Saud Ol Soniyni qabul qildi.
© Press-slujba Prezidenta Respubliki Uzbekistan Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev po pribitii v gorod Doxu prinyal predsedatelya pravleniya kompanii "Nebras Power" Muxammada Al-Xajri
© Press-slujba Prezidenta Respubliki Uzbekistan
Agentlik sanoat, infratuzilma, energetika, ko‘chmas mulk, elektron texnologiyalar sohalarida yirik loyihalarni amalga oshirishda katta tajribaga ega global miqyosdagi yetakchi investitsiya xoldinglaridan biri hisoblanadi. Idora rahbari bir vaqtning o‘zida Qatar Markaziy banki raisidir.
Uchrashuvda agentlikning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini O‘zbekiston hududlarida “yashil” energetika obyektlari – quyosh va shamol stansiyalarini qurish, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, shu jumladan zamonaviy aviaterminallar barpo etish va boshqa investitsiya loyihalariga jalb qilish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
© Press-slujba Prezidenta Respubliki Uzbekistan Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev po pribitii v gorod Doxu prinyal predsedatelya pravleniya kompanii "Nebras Power" Muxammada Al-Xajri
© Press-slujba Prezidenta Respubliki Uzbekistan
Ilg‘or bank-moliya xizmatlarini, shu jumladan islom moliyasi dasturlari doirasida rivojlantirishdan manfaatdorlik bildirildi.
Qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun ikki tomonlama guruh uchrashuvini yaqin fursatda o‘tkazishga kelishib olindi.