https://oz.sputniknews.uz/20231002/mirziyoev-jizzaxda-chorvachilik-klasteri-qurishda-qatnashayotgan-kompaniya-raisi-bilan-uchrashdi-39502878.html
Mirziyoyev Jizzaxda chorvachilik klasteri qurishda qatnashayotgan kompaniya raisi bilan uchrashdi
Mirziyoyev Jizzaxda chorvachilik klasteri qurishda qatnashayotgan kompaniya raisi bilan uchrashdi
Sputnik O‘zbekiston
Qatar tomoni tez orada xolding O‘zbekistonda o‘z ofisini ochishini ma’lum qildi.
2023-10-02T09:05+0500
2023-10-02T09:05+0500
2023-10-02T11:28+0500
siyosat
o‘zbekiston
qatar
shavkat mirziyoyev
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/02/39502218_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_95251aa8f68315e4d1455ef46e9c44d4.jpg
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-oktabr kuni Doha shahrida o‘ziga ajratilgan qarorgohda “Power International Holding” kompaniyasi boshqaruvi raisi Mutaz al-Hayyatni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. “Power International” – dunyoning 19 ta mamlakatida energetika, neft-kimyo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport infratuzilmasi, sog‘liqni saqlash, turizm kabi sohalarda faol ish olib borayotgan Qatarning eng yirik milliy xoldingi. Yaqin Sharqdagi yetakchi ko‘p tarmoqli kompaniyalardan biridir. Bugun ushbu kompaniya bilan hamkorlikda Jizzax viloyatida kelgusida mintaqaning eng katta agrosanoat majmuasi bo‘ladigan zamonaviy chorvachilik klasteri qurilmoqda.Qatar tomoni tez orada xolding O‘zbekistonda o‘z ofisini ochishini ma’lum qildi.Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev “Al Mirqab Capital” xolding kompaniyasi ijrochi direktori Saif ur-Rahmon Xonni qabul qildi.1983 yilda asos solingan “Al Mirqab Capital” xoldingi AQSh, Yevropa va Yaqin Sharqda “For Seasons”, “The Ritz Carlton” va boshqa brendlardagi 20 ta yirik mehmonxona egasidir. Kompaniya aktivlari qiymati 8 milliard dollardan ziyodni tashkil etadi.Xususan, kompaniya tomonidan Toshkent viloyatida logistika markazi, Buxoro shahrida mehmonxona-kongress majmuasini qurish, O‘zbekistonda elektr ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga investitsiya kiritish rejalari ko‘rib chiqildi.Investitsiya loyihalari qo‘shma “yo‘l xaritasi” asosida amalga oshiriladi.
o‘zbekiston
qatar
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/02/39502218_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_ab75a784fbbfae2c710d6b4f34666f9c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mirziyoyev jizzax chorvachilik klasteri
mirziyoyev jizzax chorvachilik klasteri
Mirziyoyev Jizzaxda chorvachilik klasteri qurishda qatnashayotgan kompaniya raisi bilan uchrashdi
09:05 02.10.2023 (yangilandi: 11:28 02.10.2023) Qatar tomoni tez orada xolding O‘zbekistonda o‘z ofisini ochishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-oktabr kuni Doha shahrida o‘ziga ajratilgan qarorgohda “Power International Holding” kompaniyasi boshqaruvi raisi Mutaz al-Hayyatni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi. “Power International” – dunyoning 19 ta mamlakatida energetika, neft-kimyo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport infratuzilmasi, sog‘liqni saqlash, turizm kabi sohalarda faol ish olib borayotgan Qatarning eng yirik milliy xoldingi. Yaqin Sharqdagi yetakchi ko‘p tarmoqli kompaniyalardan biridir.
Bugun ushbu kompaniya bilan hamkorlikda Jizzax viloyatida kelgusida mintaqaning eng katta agrosanoat majmuasi bo‘ladigan zamonaviy chorvachilik klasteri qurilmoqda.
O‘zbekistonda yuqori tezlikda harakatlanishga mo‘ljallangan avtomobil magistralini barpo etish, ammiak va karbamid ishlab chiqarish hajmini oshirish, ishbilarmonlik va mehmonxona infratuzilmasi, sog‘liqni saqlash obyektlarini tashkil etish istiqbolli loyihalar sifatida qayd etildi.
Qatar tomoni tez orada xolding O‘zbekistonda o‘z ofisini ochishini ma’lum qildi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev “Al Mirqab Capital” xolding kompaniyasi ijrochi direktori Saif ur-Rahmon Xonni qabul qildi.
1983 yilda asos solingan “Al Mirqab Capital” xoldingi AQSh, Yevropa va Yaqin Sharqda “For Seasons”, “The Ritz Carlton” va boshqa brendlardagi 20 ta yirik mehmonxona egasidir. Kompaniya aktivlari qiymati 8 milliard dollardan ziyodni tashkil etadi.
Uchrashuvda mehmonxona infratuzilmasi va turizm xizmatlarini rivojlantirish, logistika va energetika tarmog‘ini modernizatsiya qilish borasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Xususan, kompaniya tomonidan Toshkent viloyatida logistika markazi, Buxoro shahrida mehmonxona-kongress majmuasini qurish, O‘zbekistonda elektr ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga investitsiya kiritish rejalari ko‘rib chiqildi.
Investitsiya loyihalari qo‘shma “yo‘l xaritasi” asosida amalga oshiriladi.