MAGATE Qozog‘istonda AES uchun tanlangan joyni baholashni boshladi

© AFP 2023 / JOE KLAMARFlag MAGATE. Arxivnoe foto
Flag MAGATE. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2023
Obuna bo‘lish
MAGATE ekspertlari Qozog‘istonning Olma-Ota viloyatida AES qurish uchun tanlangan joyni baholaydi.
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. MAGATE ekspertlari Qozog‘istonning Olmaota viloyatidagi Ulken qishlog‘i yaqinida AES qurish uchun tanlanlan potensial maydonni baholash bo‘yicha ish boshladi, deb xabar qilmoqda Qozog‘iston energetika vazirligi.

“MAGATE missiyasi atom elektr stansiyasi uchun tanlangan joy bo‘yicha tadqiqotlar natijalarini baholashni boshladi”, — deya xabar qildi vazirlik.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, MAGATE ekspertlari 2-oktabrdan 6-oktabrgacha ishlaydi.

“Missiya doirasida MAGATE ekspertlari potensial hududda (Olmaota viloyati, Ulken qishlog‘i) AES uchun joy tanlash bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqadi. Ish yakunlari bo‘yicha AES qurish uchun maqbul joyni yanada aniqlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar aks etgan hisobot taqdim etiladi.”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, bir necha oy oldin Qozog‘iston Energetika vazirligi Olmaota viloyatining Jambil tumanidagi Ulken qishlog‘i hududi atom elektr stansiyasini qurish uchun eng maqbul hudud sifatida tanlanganini xabar bergan edi.
Ayni damda Qozog‘iston rasmiylari AES qurish bo‘yicha bir necha potensial pudratchilarni ko‘rib chiqmoqda: Xitoyning CNNC kompaniyasi, Janubiy Koreyaning KHNP, Rosatom va Fransiyaning EDF kompaniyalari
Sentabr oyi boshida Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakat xalqiga murojaatida atom elektr stansiyasini qurish masalasini umumxalq referendumiga qo‘yishni taklif qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0