Xanchjou-2022: O‘zbekistonlik kurashchi Umid Esanov oltin medalni qo‘lga kiritdi

© NOKXanchjou-2022
Xanchjou-2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.10.2023
Obuna bo‘lish
Shuningdek, kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Malika Qahhorova bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarida ishtirok etayotgan kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Umid Esanov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
© NOKXanchjou-2022
Xanchjou-2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.10.2023
-81 kg vazn toifasida bahs olib borgan o‘zbekistonlik polvon finalda qozog‘istonlik Bekadil Shaimberdenevdan ustun kelib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.
Shuningdek, kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Malika Qahhorova bronza medaliga sazovor bo‘ldi. -70 kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchi eronlik Donya Ag‘ayiga imkoniyatni boy berdi va musobaqani uchinchi o‘rinda yakunladi.
© NOKXanchjou-2022
Xanchjou-2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.10.2023
Yangiliklar lentasi
0