https://oz.sputniknews.uz/20231001/oqituvchi-bolib-ishlagan-10-nafar-siyosatchi-39444894.html
Mirziyoyev, Narbayeva, Qo‘chqorov: o‘qituvchi bo‘lib ishlagan o‘zbekistonlik 10 nafar siyosatchi
Mirziyoyev, Narbayeva, Qo‘chqorov: o‘qituvchi bo‘lib ishlagan o‘zbekistonlik 10 nafar siyosatchi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda mehnat faoliyati davomida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan mashxur siyosatchilar haqida Sputnik materialida tanishing.
2023-10-01T10:01+0500
2023-10-01T10:01+0500
2023-10-01T10:01+0500
jamiyat
o‘zbekiston
o‘qituvchilar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/i/logo/logo-social.png
TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Bugun, 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni. Bugun ko‘pchilik maktab, kollej va oliy ta’lim muassasalarida dars bergan ustozlarini tabriklaydi, yodga oladi. O‘zbekistonda mehnat faoliyati davomida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan mashxur siyosatchilar - Sputnik materialida.Prezident Shavkat MirziyoyevShavkat Mirziyoyev Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tugatgan. U mehnat faoliyatini 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida boshlab, kichik ilmiy xodim, katta o‘qituvchi, dotsent, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimlarida ishlagan.Oliy Majlis Senati raisi Tanzila NarbayevaTanzila Narbayeva ish faoliyatini 1974-yilda Andijon viloyati Shahrixon shahridagi 1-maktab yoshlari yetakchisi lavozimidan boshlagan. 1975-1995 yillarda Toshkent shahrida maktab o‘qituvchisi, direktor o‘rinbosari va Toshkent shahar o‘quvchilar uyi direktori, keyinchalik turli darajalidagi davlat organlarida mas’ul lavozimlarda ishlagan.Bosh vazirning o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorovJamshid Qo‘chqorov 1987-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi instituti aspiranturasiga o‘qishga kirib, 1990-1993 yillarda shu yerda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan.Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Xilola UmarovaXilola Umarova 2019-2020 yillarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab direktori lavozimida ishlagan.Markaziy bank raisi Mamarizo NurmuratovMamarizo Nurmuratov 1977-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutiga o‘qishga kirib, 1982-yilda Leningrad moliya-iqtisodiyot institutini tamomlagan. 1982-1985 yillarda Toshkent xalq xo‘jaligi institutida o‘qituvchilik faoliyati bilan shug‘ullangan. 1989-1993 yillarda Toshkent xalq xo‘jaligi instituti va Toshkent moliya institutida dotsent lavozimlarida ishlagan.Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal SaidovAkmal Saidov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro huquq fakultetini tamomlagan. 1993-1994 yillarda Toshkent davlat yuridik instituti rektori lavozimida ishlagan.Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining rahbari Ulug‘bek InoyatovUlug‘bek Inoyatov 1999-2003 yillarda Toshkent moliya-iqtisod kolleji direktori, Toshkent arxitektura-qurilish instituti Iqtisodiyot va boshqaruv kafedrasi professori bo‘lib ishlagan.Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (Ombudsman) Feruza EshmatovaFeruza Eshmatova 2000-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. 2002-2015 yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida faoliyat yuritgan. Hozir ham shu universitetda dars beradi. Jizzax viloyati hokimi Ergash SaliyevErgash Saliyev 1978-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan va 1981-yilgacha Belarus davlat universitetining aspiranti bo‘lgan. 1992-yilgacha Toshkent davlat texnika universiteti dotsenti bo‘lgan.Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo InoyatovAmrillo Inoyatov oliy ta’limdagi faoliyatini 2008-2009 yillarda Buxoro davlat tibbiyot institutida boshlagan. 2017-2020 yillarda mazkur institutda rektor bo‘lib ishlagan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston mehnat faoliyati o‘qituvchi bo‘lib ishlagan mashxur siyosatchilar
o‘zbekiston mehnat faoliyati o‘qituvchi bo‘lib ishlagan mashxur siyosatchilar
Mirziyoyev, Narbayeva, Qo‘chqorov: o‘qituvchi bo‘lib ishlagan o‘zbekistonlik 10 nafar siyosatchi
O‘zbekistonda mehnat faoliyati davomida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan mashxur siyosatchilar haqida Sputnik materialida tanishing.
TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Bugun, 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni. Bugun ko‘pchilik maktab, kollej va oliy ta’lim muassasalarida dars bergan ustozlarini tabriklaydi, yodga oladi. O‘zbekistonda mehnat faoliyati davomida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan mashxur siyosatchilar - Sputnik materialida.
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tugatgan. U mehnat faoliyatini 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida boshlab, kichik ilmiy xodim, katta o‘qituvchi, dotsent, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimlarida ishlagan.
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva
Tanzila Narbayeva ish faoliyatini 1974-yilda Andijon viloyati Shahrixon shahridagi 1-maktab yoshlari yetakchisi lavozimidan boshlagan. 1975-1995 yillarda Toshkent shahrida maktab o‘qituvchisi, direktor o‘rinbosari va Toshkent shahar o‘quvchilar uyi direktori, keyinchalik turli darajalidagi davlat organlarida mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Bosh vazirning o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov
Jamshid Qo‘chqorov 1987-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi instituti aspiranturasiga o‘qishga kirib, 1990-1993 yillarda shu yerda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Xilola Umarova
Xilola Umarova 2019-2020 yillarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab direktori lavozimida ishlagan.
Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov
Mamarizo Nurmuratov 1977-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutiga o‘qishga kirib, 1982-yilda Leningrad moliya-iqtisodiyot institutini tamomlagan. 1982-1985 yillarda Toshkent xalq xo‘jaligi institutida o‘qituvchilik faoliyati bilan shug‘ullangan. 1989-1993 yillarda Toshkent xalq xo‘jaligi instituti va Toshkent moliya institutida dotsent lavozimlarida ishlagan.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov
Akmal Saidov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro huquq fakultetini tamomlagan. 1993-1994 yillarda Toshkent davlat yuridik instituti rektori lavozimida ishlagan.
Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining rahbari Ulug‘bek Inoyatov
Ulug‘bek Inoyatov 1999-2003 yillarda Toshkent moliya-iqtisod kolleji direktori, Toshkent arxitektura-qurilish instituti Iqtisodiyot va boshqaruv kafedrasi professori bo‘lib ishlagan.
Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova
Feruza Eshmatova 2000-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. 2002-2015 yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida faoliyat yuritgan. Hozir ham shu universitetda dars beradi.
Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev
Ergash Saliyev 1978-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan va 1981-yilgacha Belarus davlat universitetining aspiranti bo‘lgan. 1992-yilgacha Toshkent davlat texnika universiteti dotsenti bo‘lgan.
Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov
Amrillo Inoyatov oliy ta’limdagi faoliyatini 2008-2009 yillarda Buxoro davlat tibbiyot institutida boshlagan. 2017-2020 yillarda mazkur institutda rektor bo‘lib ishlagan.