https://oz.sputniknews.uz/20230930/xitoy-garb-qurol-zelenskiy-zarba-39470756.html
G‘arbning “yengilmas quroli” Zelenskiyga qanday zarba berishi oshkor qilindi
G‘arbning “yengilmas quroli” Zelenskiyga qanday zarba berishi oshkor qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Tahlilchi Kuntan: Abrams tanklarini yetkazib berish Zelenskiy uchun umidsizlikka aylanadi.
2023-09-30T09:55+0500
2023-09-30T09:55+0500
2023-09-30T11:49+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
ukraina
aqsh
qurol
tank
nato
g‘arb
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/19/39275426_0:89:1438:898_1920x0_80_0_0_9ed19615e2a867d8d2b17dfaee7ca3e6.png
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Ukraina Qurolli Kuchlariga Amerika tanklarini yetkazib berish Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uchun umidsizlikka aylanadi. Bu haqda RIA Novosti Global Times nashriga tayanib xabar berdi.Muallifning tushuntirishicha, G‘arb tanklari bir necha sabablarga ko‘ra Ukraina rahbariyatining umidlarini oqlamaydi.Birinchidan, Ukraina Qurolli Kuchlari ofitserlari Amerika texnikasidan unumli foydalana olmaydi, chunki u ukrainaliklarga tanish bo‘lgan tanklardan farqli ravishda saqlanadi va boshqariladi. Ikkinchidan, Kiyev shikastlangan Abrams tanklarini mustaqil ravishda ta’mirlashga qodir emas, shuning uchun ularning jangovar samaradorligini tiklash uchun ularni NATO mamlakatlariga yuborish kerak bo‘ladi.Uning qo‘shimcha qilishicha, Amerika tanklaridan faqat yaxshi ob-havo sharoitida foydalanish mumkin, qor bo‘ronlari va yomg‘irlar bo‘lsa, ularni "to‘xtatib turish" kerak.Kuntan xulosa qilib, G‘arb Ukrainaga yuborilayotgan qurollarning xususiyatlari va kuchini doimo bo‘rttirib ko‘rsatayotganini ta’kidladi. Biroq, kuchli Rossiya mudofaasi tufayli, G‘arb texnologiyasining yengilmasligi haqidagi afsona "sovun pufagi kabi portladi" deb yozadi u.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/19/39275426_258:29:1417:898_1920x0_80_0_0_6f4a636abbd2179aeee1ab1f62c9226d.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina g‘arb abrams vladimir zelenskiy ukraina qurolli kuchlari aqsh kuntan lilyan nato
ukraina g‘arb abrams vladimir zelenskiy ukraina qurolli kuchlari aqsh kuntan lilyan nato
G‘arbning “yengilmas quroli” Zelenskiyga qanday zarba berishi oshkor qilindi
09:55 30.09.2023 (yangilandi: 11:49 30.09.2023) Tahlilchi Kuntan: Abrams tanklarini yetkazib berish Zelenskiy uchun umidsizlikka aylanadi.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Ukraina Qurolli Kuchlariga Amerika tanklarini yetkazib berish Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uchun umidsizlikka aylanadi. Bu haqda
RIA Novosti Global Times nashriga tayanib xabar berdi.
“Prezident Vladimir Zelenskiy xursandchilik bilan aytdiki, Ukraina Qurolli Kuchlari uchun bu (Abrams yetkazib berish) armiyaning dushmanga qarshi turish qobiliyatini kuchaytiradigan muhim yutuqdir. Ammo bu Zelenskiy aytganidek yaxshi yangilikmi? Balki yo‘q”, — dedi Xitoylik harbiy sharhlovchi Kuntan Lilyan.
Muallifning tushuntirishicha, G‘arb tanklari bir necha sabablarga ko‘ra Ukraina rahbariyatining umidlarini oqlamaydi.
Birinchidan, Ukraina Qurolli Kuchlari ofitserlari Amerika texnikasidan unumli foydalana olmaydi, chunki u ukrainaliklarga tanish bo‘lgan tanklardan farqli ravishda saqlanadi va boshqariladi. Ikkinchidan, Kiyev shikastlangan Abrams tanklarini mustaqil ravishda ta’mirlashga qodir emas, shuning uchun ularning jangovar samaradorligini tiklash uchun ularni NATO mamlakatlariga yuborish kerak bo‘ladi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Amerika tanklaridan faqat yaxshi ob-havo sharoitida foydalanish mumkin, qor bo‘ronlari va yomg‘irlar bo‘lsa, ularni "to‘xtatib turish" kerak.
Kuntan xulosa qilib, G‘arb Ukrainaga yuborilayotgan qurollarning xususiyatlari va kuchini doimo bo‘rttirib ko‘rsatayotganini ta’kidladi. Biroq, kuchli Rossiya mudofaasi tufayli, G‘arb texnologiyasining yengilmasligi haqidagi afsona "sovun pufagi kabi portladi" deb yozadi u.