Xanchjou-2022: o‘zbekistonlik kurashchilar Osiyo o‘yinlari g‘olibligini qo‘lga kiritishdi

© NOKKurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi
Kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2023
Obuna bo‘lish
Kurashchilar musobaqaning birinchi kunida 3 ta oltin va 1 ta kumush medali bilan 100 foizlik natija qayd etishdi.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarida ishtirok etayotgan kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin va 1 ta kumush medaliga ega chiqdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Qayd etilishicha, bugun kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bugun chinakam qahramonlik ko‘rsatdi.
“Hamurtlarimiz birinchi kunning o‘zida 3 ta oltin va 1 ta kumush medali bilan 100 foizlik natija qayd etishdi. Mazkur medallar delegatsiyaning umumjamoa hisobida yanada yuqori pog‘onaga ko‘tarilishi uchun katta yordam bermoqda”, — deyiladi xabarda.
© NOKArtom Shturbabin
Fotogalereya s seremonii nagrajdeniya uzbekskix kurashistov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2023
Artom Shturbabin
Demak, Artom Shturbabin Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi. -66 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Shturbabin chempionlikni qo‘lga kiritdi. U finalda eronlik Majid Barimanlouni mag‘lubiyatga uchratdi.
© NOKMuhsin Hisomiddinov
Fotogalereya s seremonii nagrajdeniya uzbekskix kurashistov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2023
Muhsin Hisomiddinov
Kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Muhsin Hisomiddinov ikkinchi bor Osiyo o‘yinlari g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Polvon finalda turkmanistonlik Tejen Tejenovdan ustun kelib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
© NOKHilola Ortiqboyeva va Sitora Elmurodova
Fotogalereya s seremonii nagrajdeniya uzbekskix kurashistov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2023
Hilola Ortiqboyeva va Sitora Elmurodova
Shuningdek, -52 kg vazn toifasining final bellashuvi yakunlandi. Unda O‘zbekiston terma jamoasining ikki nafar vakili o‘zaro to‘qnash kelishdi. Qiziqarli bahs Hilola Ortiqboyevaning g‘alabasi bilan yakunlandi. Sitora Elmurodova esa musobaqani kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0