Shavkat Mirziyoyev Toshkentda o‘tayotgan xalqaro kinofestival ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

© Xokimiyat goroda TashkentaIpak yo‘li durdonasi” XV Toshkent xalqaro kinofestivali
Ipak yo‘li durdonasi” XV Toshkent xalqaro kinofestivali - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2023
Obuna bo‘lish
Kinoforumda jahonning 50 dan ortiq davlatidan qariyb 300 nafar iste’dodli kino ustalari, qator xalqaro tashkilotlarning vakillari ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev “Ipak yo‘li durdonasi” XV Toshkent xalqaro kinofestivali ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi.
Prezident dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan kino san’atining mohir ustalari, taniqli madaniyat va san’at arboblarini “Ipak yo‘li durdonasi” XV Toshkent xalqaro kinofestivalining ochilishi bilan chin qalbimdan samimiy tabrikladi.
Qayd etilishicha, bu galgi kinoforumda jahonning 50 dan ortiq davlatidan qariyb 300 nafar iste’dodli kino ustalari, qator xalqaro tashkilotlarning vakillari ishtirok etmoqda.
“Navqiron kinoijodkorlar o‘rtasida qisqa metrajli filmlar yaratish bo‘yicha tashkil etiladigan ijodiy tanlov ular uchun o‘ziga xos tajriba va mahorat maktabi vazifasini o‘tashi shubhasiz”, — deyilgan tabrik matnida.
Prezident XV Toshkent xalqaro kinofestivalining tantanali ochilishi bilan yana bir bor qutlab, ushbu anjuman chinakam san’at bayrami, tinchlik va do‘stlik ramziga aylanishiga ishonch bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0