Qashqadaryolik 98 yoshli o‘qituvchi "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlandi

© Xokimiyat Kashkadarinskoy oblastiEgamshukur Abdiyev
Egamshukur Abdiyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2023
Obuna bo‘lish
Egamshukur Abdiyev hozir maktabda matematika fanidan dars berib kelmoqda.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Qashqadaryolik 98 yoshli o‘qituvchi "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlandi, deya xabar berdi viloyatning Koson tumani hokimligi.
O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh o‘qituvchilar prezidentning tegishli farmoniga muvofiq davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Ular orasida Koson tumanidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi Egamshukur Abdiyev ham bor.
© Xokimiyat Kosonskogo rayona Egamshukur Abdiyev
Egamshukur Abdiyev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2023
Egamshukur Abdiyev
“Butun hayotini ta’lim sohasiga bahsh etgan 98 yoshli Egamshukur ota "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlandi. Egamshukur ota hozir maktabda matematika fanidan dars berib kelmoqda”, — deyiladi xabarda.
© Xokimiyat Kosonskogo rayona Egamshukur Abdiyev
Egamshukur Abdiyev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2023
Egamshukur Abdiyev
Eslatib o‘tamiz, o‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan 100 dan ortiq xodimlar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi.
Maktabda dars jarayoni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2023
Mirziyoyev yuzdan ortiq o‘qituvchilarni mukofotladi — ular kimlar?
Yangiliklar lentasi
0