https://oz.sputniknews.uz/20230930/prokuror-yigirma-besh-yosh-tayinlash-39484050.html
Prokurorlikka yigirma besh yoshdan kichik bo‘lmagan shaxslar tayinlanishi belgilanmoqda — Senat
Prokurorlikka yigirma besh yoshdan kichik bo‘lmagan shaxslar tayinlanishi belgilanmoqda — Senat
Sputnik O‘zbekiston
Qurolli Kuchlar tizimida qonunchilik hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishi ustidan harbiy prokuratura organlarining nazorati kuchaytiriladi.
2023-09-30T18:02+0500
2023-09-30T18:02+0500
2023-09-30T18:02+0500
jamiyat
o‘zbekiston
prokuror
qurolli kuchlar
o‘zbekiston oliy majlisi senati
senatorlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/06/33621181_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_4c5c6e8854eb4cd3d1283e83f7f84a21.jpg
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Prokuror lavozimiga yigirma besh yoshdan kichik bo‘lmagan shaxslar tayinlanishi belgilanmoqda, deya xabar berdi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.Senatning qirq beshinchi yalpi majlisida “Prokuratura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.“Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunga Qurolli Kuchlar tizimida qonunchilik hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishi ustidan harbiy prokuratura organlarining nazorati kuchaytirilishi, shuningdek harbiy prokuratura organlariga xodimlarni harbiy xizmatga qabul qilish va undan bo‘shatish tartibi hamda ularga harbiy unvonlar berish tartibi belgilanishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.Senatorlarning fikricha, ushbu qonun qabul qilinishi prokuratura organlarining mas’uliyatini yanada oshirish bilan birga, ish samaradorligini yaxshilash, qonunchilik bilan yuklatilgan vazifalarning to‘laqonli bajarilishiga xizmat qiladi.Majlisda qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/06/33621181_179:159:984:763_1920x0_80_0_0_0934cf0271fec57235879e8c68a70ea9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston senat yalpi majlis bosh prokuror harbiy prokuror transport prokurori qoraqalpog‘iston respublikasi prokurori viloyatlar va toshkent shahar prokurorlari tumanlar, shaharlar prokurorlari
o‘zbekiston senat yalpi majlis bosh prokuror harbiy prokuror transport prokurori qoraqalpog‘iston respublikasi prokurori viloyatlar va toshkent shahar prokurorlari tumanlar, shaharlar prokurorlari
Prokurorlikka yigirma besh yoshdan kichik bo‘lmagan shaxslar tayinlanishi belgilanmoqda — Senat
Qurolli Kuchlar tizimida qonunchilik hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishi ustidan harbiy prokuratura organlarining nazorati kuchaytiriladi.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Prokuror lavozimiga yigirma besh yoshdan kichik bo‘lmagan shaxslar tayinlanishi belgilanmoqda, deya xabar berdi Oliy Majlis Senati
matbuot xizmati. Senatning qirq beshinchi yalpi majlisida “Prokuratura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.
“Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunga Qurolli Kuchlar tizimida qonunchilik hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishi ustidan harbiy prokuratura organlarining nazorati kuchaytirilishi, shuningdek harbiy prokuratura organlariga xodimlarni harbiy xizmatga qabul qilish va undan bo‘shatish tartibi hamda ularga harbiy unvonlar berish tartibi belgilanishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
“Bosh prokuror, Harbiy prokuror, Transport prokurori Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari, shuningdek tumanlar, shaharlar prokurorlari lavozimiga yigirma besh yoshdan kichik bo‘lmagan shaxslar tayinlanishi belgilanmoqda”, — deyiladi xabarda.
Senatorlarning fikricha, ushbu qonun qabul qilinishi prokuratura organlarining mas’uliyatini yanada oshirish bilan birga, ish samaradorligini yaxshilash, qonunchilik bilan yuklatilgan vazifalarning to‘laqonli bajarilishiga xizmat qiladi.
Majlisda qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.