O‘zbekistonning yana bir hududida yirik yong‘in yuz berdi — video

© Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiMChS
MChS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2023
Obuna bo‘lish
Kecha "Yoshlar" sport zalida yong‘in kelib chiqqan.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Navoiy viloyati Uchquduq tumanida yirik yong‘in yuz berdi. Bu haqda tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi xabar berdi.
Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Uchquduq tumanida katta obyektda yong‘in kelib chiqqanligi haqida videolavha tarqaldi.
Mazkur yong‘in Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) jamg‘armasi davlat muassasasi Uchquduq hududiy boshqarmasiga qarashli "Yoshlar" sport zalida chiqqan. Yong‘in shu kunning o‘zida to‘liq bartaraf etilgan.
“Yong‘indan hech kim tan jarohati olmagan va talofat yetkazilmagan”,—deyiladi xabarda.
Aytilishicha, tegishli mutaxassislar tomonidan yong‘in sababi va yetkazilgan moddiy zarar aniqlanib, tegishli barcha choralar ko‘rilgan.
Yangiliklar lentasi
0