Toshkent shahridagi daraxtlarni ro‘yxatga olish boshlanmoqda — tafsilotlar

© Sputnik / Aktan TemirkanovAmira Temura hiyoboni
Amira Temura hiyoboni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2023
Obuna bo‘lish
Toshkentda "Daraxtlar reyestri" yangi qo‘shma loyiha boshlanmoqda.
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Yashil ekinlarni asrashga qaratilgan qo‘shma loyiha boshlanmoqda, deya xabar berdi Toshkent shahar hokimligi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, "Zamin" fondi va Toshkent shahri hokimligi hamkorligida "Daraxtlar reyestri" yangi qo‘shma loyiha boshlanmoqda.
“Dastlabki loyiha Toshkent shahrida boshlanadi. Maqsad yashil ekinlarni, shu jumladan, qurilishni rejalashtirish bosqichida asrash hamda ularning to‘liq hisobini joriy etish, shuningdek, noqonuniy kesish holatlarida chora ko‘rishdir”, — deyiladi xabarda.
Loyihaning asosiy vazifasi davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazib, barcha parametrlari va ahvolini ko‘rsatgan holda daraxtlarning raqamli reyestrini yaratishdan iborat.
Ma’lumot uchun, daraxtlar reyestrining onlayn platformasi davlat idoralarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi.
Aytilishicha, bu shaharsozlikni rejalashtirish, daraxtlarni parvarishlash sifatini yaxshilash hamda ularning hisobini yuritishda inson omilini kamaytirishga xizmat qiladi.
Yangiliklar lentasi
0