Shavkat Mirziyoyev MO davlat rahbarlarining Germaniya prezidenti bilan uchrashuvida ishtirok etdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVstrecha glav gosudarstv Sentralnoy Azii s Federalnim Prezidentom Germanii Frankom-Valterom Shtaynmayerom.
Vstrecha glav gosudarstv Sentralnoy Azii s Federalnim Prezidentom Germanii Frankom-Valterom Shtaynmayerom. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2023
Obuna bo‘lish
Germaniya bilan hamkorlikda, birinchi navbatda, yuqori texnologiyalar, innovatsion rivojlanish, transport va “yashil” energetika sohalariga alohida e’tibor qaratish kerak — Mirziyoyev.
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga tashrifi doirasida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashuvida ishtirok etdi.
Uchrashuvda siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, YeI dasturlari doirasida Markaziy Osiyoda xavfsizlik va taraqqiyotni ta’minlashning dolzarb maslalari yuzasidan fikr almashildi.
Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida Germani va Markaziy Osiyo hamkorligida, birinchi navbatda yuksak texnologiyalar va innovatsion rivojlanish, transport kommunikatsiyalari, “yashil” energetika, kasbiy ta’lim, faol madaniy va akademik almashinuvlarga alohida e’tibor qaratish kerakligiga to‘xtalib o‘tdi.
Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zbekisotn yoshlarida nemis tiliga qiziqish ortib borayotgani ta’kidlandi.
Tadbirda, shuningdek, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov ham ishtirok etdi.
Yangiliklar lentasi
0