Rossiya tinchlikparvar kuchlari Qorabog‘ aholisiga 12 tonna gumanitar yordam yetkazib berdi

Obuna bo‘lish
Rossiya harbiylari Tog‘li Qorabog‘ hududidan mustaqil ravishda chiqib ketayotgan tinch aholiga ham yordam qo‘lini cho‘zdi.
Rossiya tinchlikparvar kuchlari Stepanakert – Goris yo‘li bo‘ylab Tog‘li Qorabog‘ aholisiga 12 tonna oziq-ovqat mahsuloti va yonilg‘i tarqatdi.
Insonparvarlik yuki oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon va birinchi zaruriy buyumlardan iborat bo‘lgan.
Rossiya harbiylari Tog‘li Qorabog‘ hududidan mustaqil ravishda chiqib ketayotgan tinch aholiga ham yordam qo‘lini cho‘zgan. Ularga ichimlik suvi, non va bolalar yeguliklari tarqatilgan.
“Rossiya tinchlikparvar kontingenti tomonidan Tog‘li Qorabog‘ hududida vazifalarni bajarish davom etmoqda. Boku va Stepanakert bilan qon to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaslik, tinch aholiga nisbatan xavfsizlikni ta’minlash va huquqlarni himoya qilishga qaratilgan uzluksiz hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan”, - deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi xabarida.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Tog‘li Qorabog‘dan 84 mingdan ziyod kishi Armanistonga ketgan.
Yangiliklar lentasi
0