Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

O‘zbekiston va YeOII tashqi savdosi yana o‘sdi

© unsplash/Paul TeysenKonteyneri. Illyustrativnoe foto
Konteyneri. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston — YeOII o‘zaro savdo aylanmasi so‘nggi bir necha yil davomida to‘xtovsiz o‘sib kelmoqda. 2023-yilning yanvar-avgustida ushbu ko‘rsatkich 10,2 mlrd dollarni tashkil etdi.
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) tashqi savdo aylanmasi 2023-yilning yanvar-avgust oylarida o‘tgan yilga nisbatan 4,7 %ga o‘sdi, deb xabar qilmoqda Iqtisodiy tadqiqotlar markazi.
© SEIRO‘zbekiston — YeOII tashqi savdo hajmi o‘smoqda
Vneshnetorgoviy oborot Uzbekistan—EAES   - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2023
O‘zbekiston — YeOII tashqi savdo hajmi o‘smoqda

"O‘zbekiston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan 2023-yilning iyun oyidagi tashqi savdo aylanmasi 2022-yilning mos davriga nisbatan 4,7%ga o‘sib, 10,2 mlrd dollarni tashkil etdi. Shundan ️eksport – $3,5 mlrd, import – $6,6 mlrd ni tashkil qildi", - deyiladi xabarda.

YeOII bilan savdo aloqlari davlatlar kesimida:

Rossiya7,4%ga o‘sib, $4,4 mlrd ni tashkil etdi. Shundan O‘zbekiston eksporti – $2 mlrd., ️importi – $4,2 mlrd.;
Qozog‘iston — $2,9 mlrd, eksport – $951 mln,️ import – $1,9 mlrd;
Qirg‘iziston — $679 mln, eksport – $492 mln, import – $188 mln;
Belarus — $402 mln, eksport – $94 mln, import – $309 mln;
Armaniston — $27 mln, eksport —$21,1 import — $5,9 mln.
Eslatib o‘taimz, O‘zbekiston 2020-yilning dekabrida YeOIIda kuzatuvchi maqomini olgan edi. Shundan so‘ng YeOII bilan o‘zaro aloqlar yanada rivojlanib va mustahkamlanib kelmoqda.
O‘zbekiston va YeOII tashqi savdo aylanmasi:
2020 — $10 mlrd.,
2021 — $12,8 mlrd., + 30,4%,
2022 — $15,7 mlrd., +22,7%.
An’anaviy ravishda O‘zbekiston YeOII davlatlariga to‘qimachilik, metallurgiya va kimyo sanoati mahsulotlari, shuningdek, oziq-ovqat, birinchi navbatda, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiladi.
YeOIIdan import mahsulotlari esa asosan qurilish materiallari, yog‘ochni qayta ishlash va kimyo sanoati mahsulotlari, shuningdek, qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, sut va go‘sht mahsulotlarini tashkil qiladi.
Undan tashqari, O‘zbekistonning YeOII bilan aloqlari mustahkamlanishi ushbu uyushma bilan yaxshi aloqa yo‘lga qo‘ygan davlatlar Vyetnam, Eron, Serbiya va Singapur bilan savdo qilishda yanada qulay sharoitlar yaratadi.
Yangiliklar lentasi
0