O‘zbekistonda o‘tgan yili tabiiy va texnogen ofatlar tufayli 287 kishi vafot etgan

© Sputnik / Elina BeknazarovaSpasateli MChS. Arxivnoe foto
Spasateli MChS. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2023
Obuna bo‘lish
2022 yilda O‘zbekistonda 131 ta tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan.
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. O‘zbekistonda 2022-yilda sodir bo‘lgan tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlar oqibatida 287 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda FVV akademiyasida o‘tgan ilmiy-amaliy anjumanda ma’lum qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yilda sodir bo‘lgan tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar 131 tani tashkil etgan. Oqibatda 287 kishi halok bo‘lgan, 297 kishi esa jabrlangan.
Sodir bo‘lgan 55 ta tabiiy xususiyatdagi falokatda 127 kishi halok bo‘lgan. 88 nafar fuqaro jarohat olgan. Texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning asosiy qismini yong‘inlar tashkil etgan. Ular 10 ming 260 tani tashkil etib, 7 ming 587 tasi (umumiy yong‘inlarning 73,9 foizi) aholi yashash sektoriga to‘g‘ri keladi.
Ta’kidlanishicha, yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar 107 nafar, jarohat olganlar 177 nafarga teng. Yong‘inlar kamayib borish tendensiyasiga ega bo‘lsa-da, moddiy zarar miqdori ortib borgan.
Spasateli MChS provodat rabotu po likvidatsii posledstviy sxoda selya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2022
Jizzax va Samarqanddagi sel talofatlari haqida ma’lumot berildi
Yangiliklar lentasi
0