https://oz.sputniknews.uz/20230929/mask-twitter-natsist-hikoya-senzura-39446714.html
Mask usiz Twitter natsist bilan bog‘liq voqeani senzura qilgan bo‘lishini aytdi
Mask usiz Twitter natsist bilan bog‘liq voqeani senzura qilgan bo‘lishini aytdi
Sputnik O‘zbekiston
Maskning so‘zlariga ko‘ra, usiz natsistni sharaflash Twitter ijtimoiy tarmog‘ida senzura qilingan bo‘lardi.
2023-09-29T15:23+0500
2023-09-29T15:23+0500
2023-09-29T16:10+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
aqsh
ukraina
ilon mask
kanada
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/1d/39440158_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_6b42caecf8bc96343e394958a3ce8e13.jpg
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Amerikalik tadbirkor Ilon Mask, agar u Twitter ijtimoiy tarmog‘i egasi bo‘lmaganida, Kanada parlamentida ukrainalik natsist Yaroslav Xunkani sharaflash haqidagi voqea oshkor etilmagan bo‘lardi, deb taxmin qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.O‘tgan yili ijtimoiy tarmoqni sotib olgan Mask uning xabari ostida “to‘g‘ri” deb yozgan.Ottava universiteti siyosatshunosi Ivan Katchanovski 98 yoshli Yaroslav Xunka Vladimir Zelenskiyning tashrifi sharafiga Kanada parlamentiga taklif qilingan voqeaga birinchi bo‘lib e’tibor qaratdi. Xunka uni olqishlayotganlarga ruslarga qarshi kurashgan faxriy sifatida tanishtirilgan.Olim Xunka aslida ukrain millatchilaridan iborat bo‘lgan va nafaqat Qizil Armiya bilan jang qilgan natsist qo‘shinlarining "Galichina" diviziyasining jangchisi ekanligini ta’kidladi va dalillarni taqdim etdi. Bu diviziya yahudiylar, polyaklar, belaruslar va slovaklarga nisbatan vahshiylik bilan tarixda nom qoldirgan.Katchanovski yozganidek, Forward uning sharhlariga birinchi bo‘lib javob berdi va janjal haqida xabar bergan birinchi G‘arb OAV bo‘ldi, shundan so‘ng bu voqea xalqaro nashrlar sahifalarida keng yoritildi. Kanada bosh vaziri Jastin Trudo keyinroq ukrainalik fashistlarni sharaflagan “dahshatli xatosi” uchun uzr so‘radi, biroq buning uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishdan bosh tortdi va parlamentning iste’foga chiqqan spikerini aybladi.
https://oz.sputniknews.uz/20230928/kanada-bosh-vaziri-natsizm-qurbonlaridan-kechirim-soradi-lekin--video-39419789.html
ukraina
kanada
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/1d/39440158_0:0:2732:2048_1920x0_80_0_0_67f3b449113d33325ca3a7c778c6ca5f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aqsh ilon mask natsist twitter natsist yaroslav xunka
aqsh ilon mask natsist twitter natsist yaroslav xunka
Mask usiz Twitter natsist bilan bog‘liq voqeani senzura qilgan bo‘lishini aytdi
15:23 29.09.2023 (yangilandi: 16:10 29.09.2023) Maskning so‘zlariga ko‘ra, usiz natsistni sharaflash Twitter ijtimoiy tarmog‘ida senzura qilingan bo‘lardi.
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Amerikalik tadbirkor Ilon Mask, agar u Twitter ijtimoiy tarmog‘i egasi bo‘lmaganida, Kanada parlamentida ukrainalik natsist Yaroslav Xunkani sharaflash haqidagi voqea oshkor etilmagan bo‘lardi, deb taxmin qildi. Bu haqda
RIA Novosti xabar berdi.
“Kanadalik natsistlarning voqeasiga shu tariqa oydinlik kiritildi. MSM (mainstream media, asosiy OAV - tahr.) bunga e’tibor bermaslikka harakat qildi. Agar olim bu haqda ushbu platformada xabar qilmaganida, dunyo bu haqda bilmas edi, chunki (Kanada bosh vaziri) Trudo voqeani "Rossiya dezinformatsiyasi" deb atab, e’tiborni voqeadan chalg‘itmoqchi bo‘ldi. Avvalgi Twitter buni senzura qilgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas”, — deb yozgan X ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri.
O‘tgan yili ijtimoiy tarmoqni sotib olgan Mask uning xabari ostida “to‘g‘ri” deb yozgan.
Ottava universiteti siyosatshunosi Ivan Katchanovski 98 yoshli Yaroslav Xunka Vladimir Zelenskiyning tashrifi sharafiga Kanada parlamentiga taklif qilingan voqeaga birinchi bo‘lib e’tibor qaratdi. Xunka uni olqishlayotganlarga ruslarga qarshi kurashgan faxriy sifatida tanishtirilgan.
Olim Xunka aslida ukrain millatchilaridan iborat bo‘lgan va nafaqat Qizil Armiya bilan jang qilgan natsist qo‘shinlarining "Galichina" diviziyasining jangchisi ekanligini ta’kidladi va dalillarni taqdim etdi. Bu diviziya yahudiylar, polyaklar, belaruslar va slovaklarga nisbatan vahshiylik bilan tarixda nom qoldirgan.
Katchanovski yozganidek, Forward uning sharhlariga birinchi bo‘lib javob berdi va janjal haqida xabar bergan birinchi G‘arb OAV bo‘ldi, shundan so‘ng bu voqea xalqaro nashrlar sahifalarida keng yoritildi. Kanada bosh vaziri Jastin Trudo keyinroq ukrainalik fashistlarni sharaflagan “dahshatli xatosi” uchun uzr so‘radi, biroq buning uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishdan bosh tortdi va parlamentning iste’foga chiqqan spikerini aybladi.