Dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘ladi

© Sputnik/Ramiz Baxtiyarov Toshkentda kuz, arxiv surat
 Toshkentda kuz, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2023
Obuna bo‘lish
Bayram kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi.
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. O‘zgidromet 29-30 sentabr va 1-2 oktabr kunlari kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Bugun va bayram dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida 30-sentabrda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Harorat asosan kechalari +10...+15 daraja , kunduz kunlari +23...+28 daraja bo‘ladi.
29-30 sentabr kunlari respublikaning ba’zi joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 30-sentabr, shanba kuni kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Shamol asosan sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 30-sentabr kuni 10-12 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi +12...+15 daraja, kunduzi +23...+26 daraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0