Xanchjou-2022: futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etdi

Obuna bo‘lish
Sherzod Esanovning dubli jamoani keyingi bosqichga olib chiqdi.
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlarida chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi, deya xabar berdi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi.
Indoneziyaga qarshi bahsning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Qo‘shimcha bo‘limlarda esa Sherzod Esanovning dubli jamoani keyingi bosqichga olib chiqdi. Hisob 2:0.

"Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlarida chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi", — deyiladi xabarda.

© NOK
Olimpiyskaya sbornaya Uzbekistana po futbolu sigrala protiv Indonezii - Sputnik O‘zbekiston
1/5
© NOK
Olimpiyskaya sbornaya Uzbekistana po futbolu sigrala protiv Indonezii - Sputnik O‘zbekiston
2/5
© NOK
Olimpiyskaya sbornaya Uzbekistana po futbolu sigrala protiv Indonezii - Sputnik O‘zbekiston
3/5
© NOK
Olimpiyskaya sbornaya Uzbekistana po futbolu sigrala protiv Indonezii - Sputnik O‘zbekiston
4/5
© NOK
Olimpiyskaya sbornaya Uzbekistana po futbolu sigrala protiv Indonezii - Sputnik O‘zbekiston
5/5
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Osiyo o‘yinlari doirasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Gonkongga qarshi bahs olib bordi va g‘alaba qozondi.
Osiyo o‘yinlarining futbol dasturida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi "C" guruhidan (O‘zbekiston, Afg‘oniston, Suriya va Gonkong) o‘rin olgan edi. Ammo bahslar boshlanishiga 2 kun qolganida Suriya va Afg‘oniston o‘yinlarda ishtirok eta olmasligini ma’lum qildi. Shu bois O‘zbekiston va Gonkong jamoalari o‘zaro ikki uchrashuvda guruh g‘olibini aniqlab olishdi.
XIX Osiyo o‘yinlari Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tmoqda.
Yangiliklar lentasi
0