Toshkentdagi kuchli portlash: metro harakatiga qanday ta’sir ko‘rsatdi?

Toshkent metro bekati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2023
Obuna bo‘lish
Yer usti halqa yo‘lining "Quruvchilar" bekatining me’moriy qismini yengil shikastlagan.
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Toshkentda barcha metro bekatlarida poyezdlar harakati belgilangan jadval asosida olib borilmoqda, deya xabar berdi Toshkent metropoliteni.
Eng so‘nggi tezkor xabarlar bizning Telegram-kanalimizda (lotin/kirill). Obuna bo‘ling, tezkor xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.
Bugun Sergeli tumani "Quruvchilar" dahasida joylashgan omborxonalarning birida kuchli chaqnash oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi.
© © Tuychi MirzayevYer usti halqa yo‘lining "Quruvchilar" bekati
Moshniy vzriv proizoshol nochyu v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2023
Yer usti halqa yo‘lining "Quruvchilar" bekati
“Ushbu vaziyat yong‘in sodir bo‘lgan hududga yaqin bo‘lgan metropolitenning Yer usti halqa yo‘lining "Quruvchilar" bekatining me’moriy qismini yengil shikastlagan, ammo bu holat yo‘lovchi va poyezdlarning harakatiga ta’sir ko‘rsatmagan”, deyiladi xabarda.
© Tuychi MirzayevYer usti halqa yo‘lining "Quruvchilar" bekati
Moshniy vzriv proizoshol nochyu v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2023
Yer usti halqa yo‘lining "Quruvchilar" bekati
Eslatib o‘tamiz, bugun, 28-sentabr kuni, soat 02:43 da Toshkent shahrining Sergeli tumanida “Inter Logistics” kompaniyasi omborida kuchli portlash sodir bo‘ldi.
Portlash poytaxt aeroporti faoliyatiga ta’sir qilmadi. Avvalroq portlash episentri qanday ko‘rinishda ekani ma’lum qilingandi.
Yangiliklar lentasi
0