Ertadan Toshkentdagi kinoteatrlarda xorijiy filmlar namoyishi boshlanadi

Kinoteatr - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya kinosi kunlari 29 va 30-sentabrga to‘g‘ri kelmoqda.
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Ertadan Toshkentdagi 10 ga yaqin kinoteatrda xorijiy filmlar namoyishi bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi Toshkent xalqaro kinofestival tashkilotchilari xabar berdi.
Poytaxtda 29-sentabr - 2-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “Ipak yo‘li durdonasi” XV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida 10 ga yaqin kinoteatrlarda xorijiy filmlar namoyishi bo‘lib o‘tadi.

“Milliy va xorijiy filmlar namoyishi, taniqli kinoyulduzlar tashrifi, ajoyib kinoko‘rgazmalar, mashhurlar bilan eksklyuziv uchrashuvlar, mahorat darslari, premyeralar, taqdimot va yorqin lahzalar sizni kutmoqda”, — deyiladi xabarda.

Kinofestival doirasida Fredirik Difental, Hasan Nazer, Petro Marchello, Aleksey Uchitel, Emanuyel Fosion, Aleksandr Sokurov, Aleksandr Kott, Osamu Yamamoto, Petros Kasimatis, Yakub Skochenya, Renat Davletarov va boshqa bir qator rejissor, ssenarist, teleproduser, mahoratli aktorlar tomonidan master-klasslar va ijodiy uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Toshkentdagi "Parus Cinema"," Riviera Cinema", "Next Cinema"," Compass Cinema", "Aziya Cinema" kabi kinoteatrlarda namoyishi belgilangan 50 dan ortiq xorijiy filmlar o‘zbek va ingliz tillaridagi subtitrlar bilan namoyish etiladi. Ular orasida "Sargardon zamin 2", "Ingliz tili darsi", "Mening jinim", "Fir’avn, yirtqich va malika", "Sadoqatli Hasan", "G‘oliblar", "Skarlett", "Opa-singillar” kabi mashhur kinokartinalar namoyish etiladi.
Kinofestival doirasida Turkiy davlatlar va MDH davlatlari kinoforumi, “O‘zbek dublyaji 85 yoshda”, “Kino 5 kunda” tanlovi, o‘zbek kinosining 115-yilligiga bag‘ishlangan milliy tadbirlar tashkil etiladi.
Rossiya kinosi kunlari 29 va 30-sentabrga to‘g‘ri kelmoqda.

"Bepul namoyishlarda tomoshabinlar 4 ta filmni ko‘rishadi. Dasturga Boris Xlebnikovning "Snegir" dramasi, Aleksandr Fominning "Molodoy chelovek " komediyasi va "Chuk va Gek" filmi va Aleksandr Kottning "Katta sarguzasht" va Dmitriy Kiselevning "Mira" fantastik dramasi kiritilgan", —dey xabar berdi ROSKINO.

Kirish bepul, lekin joylar soni cheklangan.
Yangiliklar lentasi
0