https://oz.sputniknews.uz/20230928/togli-qorabog-39402303.html
Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi tugatiladi
Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi tugatiladi
Sputnik O‘zbekiston
Tog‘li Qorabog‘ respublikasi 2024-yil 1-yanvardan mavjud bo‘lmaydi. Tan olinmagan respublika prezidenti Samvel Shaxramanyan tegishli farmonni imzoladi. “2024 yil 1-yanvarga ularning idoraviy bo‘ysunishidagi barcha davlat muassasalari va tashkilotlari tarqatib yuborilsin va Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi (Arsax) o‘z mavjudligini to‘xtatadi
2023-09-28T12:46+0500
2023-09-28T12:46+0500
2023-09-28T12:46+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
tog‘li qorabog‘
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/1c/39401170_95:0:2975:1620_1920x0_80_0_0_64e50adb2114e85e9845f7a10c002ebe.jpg
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Tog‘li Qorabog‘ respublikasi 2024-yil 1-yanvardan mavjud bo‘lmaydi. Tan olinmagan respublika prezidenti Samvel Shaxramanyan tegishli farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.Ta’kidlanishicha, bu Qorabog‘ xalqi jismoniy xavfsizligi va hayotiy manfaatlarini ta’minlash ustuvor vazifasidan kelib chiqib va Rossiya tinchlikparvar kuchlari vositachiligi Ozarbayjon bilan erishilgan kelishuvlarni inobatga olgan holda amalga oshirilmoqda.Tog‘li Qorabog‘ aholisiga, jumladan, undan tashqarisida bo‘lganlarga Ozarbayjon taqdim etadigan reintegratsiya shartlari bilan tanishib chiqish taklif qilinmoqda. Mintaqada qolish yoki qolmaslik to‘g‘risidagi qarorni har bir kishi mustaqil qabul qiladi.Farmon e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.19 sentabr kuni Ozarbayjon Qorabog‘da “konstitutsiyaviy tuzumni tiklash” maqsadida “mahalliy aksilterror choralari” o‘tkazilishini e’lon qildi. 20-sentabr kuni Rossiya tinchlikparvar kontingenti qo‘mondonligi vositachiligida Ozarbayjon tomoni va Tog‘li Qorabog‘ vakillari o‘rtasida jangovar harakatlarni to‘liq bas qilish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Uning shartlaridan biri Qorabog‘ armiyasini qurolsizlantirish va arman harbiylarining tan olinmagan respublikadan to‘liq chiqib ketilishi bo‘ldi.So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Tog‘li Qorabog‘ni 65 mingdan ziyod kishi tark etishga ulgurgan.
tog‘li qorabog‘
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/1c/39401170_678:0:2552:1406_1920x0_80_0_0_fbe4140c61efa56612617d5a655da9bb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tan olinmagan tog‘li qorabog‘ respublikasi ma’lumot ozarbayjon armaniston
tan olinmagan tog‘li qorabog‘ respublikasi ma’lumot ozarbayjon armaniston
Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi tugatiladi
Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi 2024-yil 1-yanvardan mavjud bo‘lmaydi.
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Tog‘li Qorabog‘ respublikasi 2024-yil 1-yanvardan mavjud bo‘lmaydi. Tan olinmagan respublika prezidenti Samvel Shaxramanyan tegishli farmonni imzoladi, deb
xabar bermoqda RIA Novosti.
“2024 yil 1-yanvarga ularning idoraviy bo‘ysunishidagi barcha davlat muassasalari va tashkilotlari tarqatib yuborilsin va Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi (Arsax) o‘z mavjudligini to‘xtatadi”, - deyilgan farmonda.
Ta’kidlanishicha, bu Qorabog‘ xalqi jismoniy xavfsizligi va hayotiy manfaatlarini ta’minlash ustuvor vazifasidan kelib chiqib va Rossiya tinchlikparvar kuchlari vositachiligi Ozarbayjon bilan erishilgan kelishuvlarni inobatga olgan holda amalga oshirilmoqda.
Tog‘li Qorabog‘ aholisiga, jumladan, undan tashqarisida bo‘lganlarga Ozarbayjon taqdim etadigan reintegratsiya shartlari bilan tanishib chiqish taklif qilinmoqda. Mintaqada qolish yoki qolmaslik to‘g‘risidagi qarorni har bir kishi mustaqil qabul qiladi.
Farmon e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
19 sentabr kuni Ozarbayjon Qorabog‘da “konstitutsiyaviy tuzumni tiklash” maqsadida “mahalliy aksilterror choralari” o‘tkazilishini
e’lon qildi. 20-sentabr kuni Rossiya tinchlikparvar kontingenti qo‘mondonligi vositachiligida Ozarbayjon tomoni va Tog‘li Qorabog‘ vakillari o‘rtasida jangovar harakatlarni to‘liq bas qilish to‘g‘risida kelishuvga
erishildi. Uning shartlaridan biri Qorabog‘ armiyasini qurolsizlantirish va arman harbiylarining tan olinmagan respublikadan to‘liq chiqib ketilishi bo‘ldi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Tog‘li Qorabog‘ni 65 mingdan ziyod kishi tark etishga ulgurgan.