https://oz.sputniknews.uz/20230928/sergelidagi-yonginda-163-kishi-jabrlandi-bir-kishi-vafot-etdi-39394820.html
Toshkentdagi yong‘inda 162 kishi jabrlandi, bir nafar o‘smir vafot etdi — SSV
Toshkentdagi yong‘inda 162 kishi jabrlandi, bir nafar o‘smir vafot etdi — SSV
Sputnik O‘zbekiston
Hodisa oqibatida 2006-yilda tug‘ilgan bir nafar o‘smir bola voqea joyida vafot etgan va shifoxonaga tiriklik alomatlari bo‘lmagan holda olib kelingan.
2023-09-28T11:14+0500
2023-09-28T11:14+0500
2023-09-28T12:00+0500
toshkentdagi omborda kuchli portlash
hodisalar
o‘zbekiston
toshkent
sergeli tumani
portlash
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/1c/39388630_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_af491288254def05f23eef2be9f02d9d.jpg
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Sergelidagi yong‘in oqibatida jabrlanganlarning umumiy soni 163 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.Eng so‘nggi tezkor xabarlar, foto, video bizning (lotin/kirill). Obuna bo‘ling, tezkor xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.Shundan jami 24 nafari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning Toshkent viloyati filiali, Toshkent shahar tez tibbiy yordam shifoxonasi, 1-sonli Respublika va 1-sonli shahar klinik shifoxonalari hamda 1-sonli shahar tug‘uruqxonasiga yotqizildi.Qolgan 138 nafar jabrlangan aholi vakilining salomatligi yaxshi bo‘lganligi uchun ambulator tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan.Ayni paytda yuqoridagi shifoxonalarda davolanayotgan bemorlar orasida o‘ta og‘ir tan jarohati olganlar yo‘q. Ularning salomatligi qoniqarli.Bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun xirurg, travmatolog, neyroxirurg, nevropatolog, yuz-jag‘ jarrohi, akusher-ginekolog kabi respublikaning eng yetakchi mutaxassislari jalb qilingan.Davolash muassasalarida tezkor va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish uchun barcha zarur dori-darmon zaxirasi yaratilgan.Eslatib o‘tamiz, bugun, 28-sentabr kuni soat 02:43 da Toshkent shahrining Sergeli tumanida “Inter Logistics” kompaniyasi omborida kuchli portlash sodir bo‘ldi.
o‘zbekiston
sergeli tumani
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/1c/39388630_0:41:959:761_1920x0_80_0_0_cceceb722cfda0f69064cd687956e1bd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sergelidagi yong‘inda 163 kishi jabrlandi, bir kishi vafot etdi
sergelidagi yong‘inda 163 kishi jabrlandi, bir kishi vafot etdi
Toshkentdagi yong‘inda 162 kishi jabrlandi, bir nafar o‘smir vafot etdi — SSV
11:14 28.09.2023 (yangilandi: 12:00 28.09.2023) Hodisa oqibatida 2006-yilda tug‘ilgan bir nafar o‘smir bola voqea joyida vafot etgan va shifoxonaga tiriklik alomatlari bo‘lmagan holda olib kelingan.
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Sergelidagi yong‘in oqibatida jabrlanganlarning umumiy soni 163 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati
xabar berdi. Eng so‘nggi tezkor xabarlar, foto, video bizning (lotin/kirill). Obuna bo‘ling, tezkor xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing. Shundan jami 24 nafari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning Toshkent viloyati filiali, Toshkent shahar tez tibbiy yordam shifoxonasi, 1-sonli Respublika va 1-sonli shahar klinik shifoxonalari hamda 1-sonli shahar tug‘uruqxonasiga yotqizildi.
Qolgan 138 nafar jabrlangan aholi vakilining salomatligi yaxshi bo‘lganligi uchun ambulator tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan.
Hodisa oqibatida 2006-yilda tug‘ilgan bir nafar o‘smir bola voqea joyida vafot etgan va shifoxonaga tiriklik alomatlari bo‘lmagan holda olib kelingan.
Ayni paytda yuqoridagi shifoxonalarda davolanayotgan bemorlar orasida o‘ta og‘ir tan jarohati olganlar yo‘q. Ularning salomatligi qoniqarli.
Bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun xirurg, travmatolog, neyroxirurg, nevropatolog, yuz-jag‘ jarrohi, akusher-ginekolog kabi respublikaning eng yetakchi mutaxassislari jalb qilingan.
Davolash muassasalarida tezkor va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish uchun barcha zarur dori-darmon zaxirasi yaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 28-sentabr kuni soat 02:43 da Toshkent shahrining Sergeli tumanida “Inter Logistics” kompaniyasi omborida kuchli portlash
sodir bo‘ldi.