https://oz.sputniknews.uz/20230928/rossiya-elchisi-oleg-malginov-yongin-hamdardlik-39422648.html
Rossiya elchisi Oleg Malginov Sergelida yong‘in munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Rossiya elchisi Oleg Malginov Sergelida yong‘in munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
Elchixona xabariga ko‘ra, jabrlanganlar orasida Rossiya fuqarolari yo‘q. 28.09.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-09-28T21:13+0500
2023-09-28T21:13+0500
2023-09-29T10:46+0500
jamiyat
favqulodda vaziyatlar vazirligi (fvv)
favqulodda holat
toshkent
sergeli tumani
portlash
portlash xavfi
yong‘in
toshkentdagi omborda kuchli portlash
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/16/41690120_19:90:638:438_1920x0_80_0_0_41321d8d57d4a492f62f94c8442e3940.jpg
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov Sergelida sodir bo‘lgan yong‘in munosabati bilan hamdardlik bildirdi. “Bugun tunda Toshkent shahrining Sergeli tumanida sodir bo‘lgan portlash oqibatida ko‘p kishi jabrlangani haqidagi xabarlarni chuqur xavotir bilan eshitdik.Biz O‘zbekiston hukumatining fojiaga tezkor munosabatini, jabrlangan fuqarolarga yordam ko‘rsatishga tayyorligini, shuningdek, hodisa sabablarini xolisona o‘rganishga qaratilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaymiz.Elchixona, shuningdek, 28-sentabr, soat 18:00 holatiga jabrlanganlar orasida Rossiya fuqarolari yo‘qligini ma’lum qildi.Ma’lumot uchun, bugun 28-sentabr kuni, Sergeli tumani Qipchoq ko‘chasida joylashgan “Inter Logistika” MChJga tegishli omborxonada portlash sodir bo‘lgan. Portlash oqibatida 18,4 gektar yer maydonda joylashgan omborxonada taxminan 10 000 kv. m. maydonda yong‘in kelib chiqqan. Favqulodda vaziyat oqibatida 162 kishi turli jarohatlar olgan, ulardan 24 nafari Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazlariga joylashtirilgan. Bir kishi qurbon bo‘lgan. Shuningdek, omborxona atrofidagi 26 ta ko‘p qavatli uydagi 592 ta xonadon hamda 8 ta xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, 1 ta maktab va 2 ta MTT binolarining fasad qismi hamda deraza-romlariga zarar yetgan.
sergeli tumani
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/16/41690120_103:67:598:438_1920x0_80_0_0_7121d9989da1e5403cccd30948ff4ab2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, favqulodda vaziyatlar vazirligi (fvv), favqulodda holat, toshkent, sergeli tumani, portlash, portlash xavfi, yong‘in
jamiyat, favqulodda vaziyatlar vazirligi (fvv), favqulodda holat, toshkent, sergeli tumani, portlash, portlash xavfi, yong‘in
Rossiya elchisi Oleg Malginov Sergelida yong‘in munosabati bilan hamdardlik bildirdi
21:13 28.09.2023 (yangilandi: 10:46 29.09.2023) Elchixona xabariga ko‘ra, jabrlanganlar orasida Rossiya fuqarolari yo‘q.
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov Sergelida sodir bo‘lgan yong‘in munosabati bilan hamdardlik
bildirdi. “Bugun tunda Toshkent shahrining Sergeli tumanida sodir bo‘lgan portlash oqibatida ko‘p kishi jabrlangani haqidagi xabarlarni chuqur xavotir bilan eshitdik.
Biz O‘zbekiston hukumatining fojiaga tezkor munosabatini, jabrlangan fuqarolarga yordam ko‘rsatishga tayyorligini, shuningdek, hodisa sabablarini xolisona o‘rganishga qaratilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaymiz.
Men va elchixonaning barcha xodimlari nomidan jabrlanganlar va ularning oila a’zolariga hamdardlik so‘zlarini qabul qilishingizni so‘raymiz”, - deyiladi xabarda.
Elchixona, shuningdek, 28-sentabr, soat 18:00 holatiga jabrlanganlar orasida Rossiya fuqarolari yo‘qligini ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, bugun 28-sentabr kuni, Sergeli tumani Qipchoq ko‘chasida joylashgan “Inter Logistika” MChJga tegishli omborxonada portlash sodir bo‘lgan. Portlash oqibatida 18,4 gektar yer maydonda joylashgan omborxonada taxminan 10 000 kv. m. maydonda yong‘in kelib chiqqan.
Favqulodda vaziyat oqibatida 162 kishi turli jarohatlar olgan, ulardan 24 nafari Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazlariga joylashtirilgan. Bir kishi qurbon bo‘lgan.
Shuningdek, omborxona atrofidagi 26 ta ko‘p qavatli uydagi 592 ta xonadon hamda 8 ta xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, 1 ta maktab va 2 ta MTT binolarining fasad qismi hamda deraza-romlariga zarar yetgan.