Situatsiya na meste vzriva v Sergeli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2023
Toshkentdagi omborda kuchli portlash
28 sentabr kuni soat 03:00da FVV Toshkent shahar Boshqarmasi navbatchilik qismidan tushgan xabarga ko‘ra, Sergeli tumani “Qipchoq” ko‘chasida joylashgan “Inter Logistika” MChJga tegishli omborxonada chaqnash oqibatida yong‘in kelib chiqqan.

Toshkentdagi portlashdan jabr ko‘rganlar qayerga murojaat etishi kerak — qisqa raqam

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Mediabankka o‘tishRabochee mesto dispetchera
Rabochee mesto dispetchera  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2023
Obuna bo‘lish
Hozirda, mol-mulkiga zarar yetgan fuqarolarning murojaatlari 1205 qisqa raqami orqali qabul qilinmoqda.
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Toshkent shahri Sergeli tumanida sodir bo‘lgan portlash oqibatida zarar ko‘rgan fuqarolarn 1205 qisqa raqamiga murojaat etishlari mumkin. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Eng so‘nggi tezkor xabarlar bizning Telegram-kanalimizda (lotin/kirill). Obuna bo‘ling, tezkor xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.
Qayd etilishicha, bugun tunda sodir bo‘lgan yong‘inni to‘liq bartaraf etish hamda jarohatlanganlarga yordam berish barobarida, favqulodda hodisa oqibatida yetkazilgan zararni baholash va bosqichma-bosqich qoplash yuzasidan ishlar boshlandi.
"Hozirda, mol-mulkiga zarar yetgan fuqarolarning murojaatlari 1205 qisqa raqami orqali qabul qilinmoqda", — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 28-sentabr kuni soat 02:43 da Toshkent shahrining Sergeli tumanida “Inter Logistics” kompaniyasi omborida kuchli portlash sodir bo‘ldi.
Sergelidagi portlashdan keyin 30 ga yaqin odam Respublika shoshilinch tibbiy yordam markaziga yotqizilgan. Bu haqda favqulodda vaziyatlarda shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Orif Inomov Sputnik muxbiriga xabar berdi.
Yangiliklar lentasi
0