Polsha bosh prokurori mamlakatga Ukraina raketasi qulaganini tasdiqladi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tish Varshava
 Varshava - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2023
Obuna bo‘lish
Zbignev Zobra Ukraina tomonidan bu ish yuzasidan ko‘p oydirki hamkorlik yo‘qligidan afsus bildirgan.
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Polsha bosh prokurori va adliya vaziri Zbignev Zobra o‘tgan yili 15-noyabr kuni respublika hududiga Ukraina raketasi qulaganini tasdiqladi. Bu haqda u Lyublin shahrida jurnalistlar savollariga javob berayotib ma’lum qildi.
“Polsha prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan surishtiruv bu ukrain raketasi ekani haqidagi qat’iy xulosaga olib keldi. Raketa uchirilgan joy va uning aniq bilan harbiy guruhga taalluqligiga keladigan bo‘lsak, bu Ukraina raketasi edi”, - dedi Zobra ekspertlar xulosasiga tayangan holda.
Vazir Ukraina tomonidan bu ish yuzasidan ko‘p oydirki hamkorlik yo‘qligidan afsus bildirgan.
“O‘ylaymanki, bu qaror (bu ish bo‘yicha Polsha tomoni bilan hamkorlik qilmaslik), hoynahoy, Ukraina davlatining yuqori siyosiy darajasida qabul qilingan”, - dedi u.
O‘tgan yili 15-noyabr kuni Polsha sharqidagi Ukraina bilan chegaradagi Pshevoduv aholi punktida S-300 raketa tizimi qulagan edi. Buning oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan. Polsha prezidenti Anjey Duda ham bu raketa Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlariga tegishli bo‘lganini ma’lum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0