https://oz.sputniknews.uz/20230928/ozbekiston-muzey-eksponat-pekin-korgazma-39408913.html
O‘zbekistondagi muzey eksponatlari Pekinda namoyish etiladi
O‘zbekistondagi muzey eksponatlari Pekinda namoyish etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Xitoydagi arxeologik ko‘rgazmada O‘zbekiston 18 dona eksponat bilan ishtirok etadi.
2023-09-28T15:13+0500
2023-09-28T15:13+0500
2023-09-28T15:52+0500
madaniyat
o‘zbekiston
xitoy
pekin
ko‘rgazma
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/1b/39360193_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_b737c37ad2540b8ddf23967dfdd29548.jpg
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. O‘zbekistondagi muzey eksponatlari Pekinda namoyish etiladi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar berdi.Pekindagi “Gugun” Imperator saroyi muzeyida 29-sentabrdan boshlab “Bir kamar, bir yo‘l” doirasidagi madaniy meros va arxeologiya sohasidagi hamkorlik” nomli arxeologik ko‘rgazmasi tashkil etiladi.Ko‘rgazma bir necha bo‘limlarga taqsimlangan. U Buyuk Ipak yo‘lida istiqomat qilgan xalqlar madaniyati va san’atining turli davrlarini o‘zida mujassam etadi.Tadbir mazkur anjumanda qatnashayotgan barcha mamlakatlar uchun ahamiyatga molik voqea bo‘lib, ular o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan.Ko‘rgazma 2024-yilning 5-yanvariga qadar davom etadi. U “Bir kamar, bir yo‘l” anjumani doirasida bo‘lib o‘tadi.
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/1b/39360193_202:140:1219:903_1920x0_80_0_0_106527fcf446a516fe8665e5d7326e66.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
xitoydagi pekin arxeologik ko‘rgazma o‘zbekiston eksponat imperial palace museum
xitoydagi pekin arxeologik ko‘rgazma o‘zbekiston eksponat imperial palace museum
O‘zbekistondagi muzey eksponatlari Pekinda namoyish etiladi
15:13 28.09.2023 (yangilandi: 15:52 28.09.2023) Xitoydagi arxeologik ko‘rgazmada O‘zbekiston 18 dona eksponat bilan ishtirok etadi.
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. O‘zbekistondagi muzey eksponatlari Pekinda namoyish etiladi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi
xabar berdi. Pekindagi “Gugun” Imperator saroyi muzeyida 29-sentabrdan boshlab “Bir kamar, bir yo‘l” doirasidagi madaniy meros va arxeologiya sohasidagi hamkorlik” nomli arxeologik ko‘rgazmasi tashkil etiladi.
“Tashrif buyuruvchilar Birlashgan Arab Amirliklari, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Xitoy Xalq Respublikasining 80 dan ortiq muzey eksponatlarini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar”, — deyiladi xabarda.
Ko‘rgazma bir necha bo‘limlarga taqsimlangan. U Buyuk Ipak yo‘lida istiqomat qilgan xalqlar madaniyati va san’atining turli davrlarini o‘zida mujassam etadi.
"O‘zbekiston Davlat tarix muzeyi va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti sara to‘plamlariga mansub 18 dona eksponat bilan ishtirok etadi", — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Tadbir mazkur anjumanda qatnashayotgan barcha mamlakatlar uchun ahamiyatga molik voqea bo‘lib, ular o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan.
Ko‘rgazma 2024-yilning 5-yanvariga qadar davom etadi. U “Bir kamar, bir yo‘l” anjumani doirasida bo‘lib o‘tadi.