https://oz.sputniknews.uz/20230928/mirziyoev-amaliy-tashrif-germaniya-39415009.html
Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Germaniyaga jo‘nab ketdi
Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Germaniyaga jo‘nab ketdi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident 28-30 sentabr kunlari amaliy tashrif bilan Berlin shahrida bo‘ladi.
2023-09-28T17:12+0500
2023-09-28T17:12+0500
2023-09-28T18:54+0500
siyosat
o‘zbekiston
germaniya
shavkat mirziyoyev
tashrif
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/05/35698636_0:190:1179:853_1920x0_80_0_0_ededa8f1d53e364921f226be3e0d6cdf.jpg
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya kansleri Olaf Sholsning taklifiga binoan Germaniyaga jo‘nab ketdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati. Prezident 28-30 sentabr kunlari amaliy tashrif bilan Berlin shahrida bo‘ladi.Tashrif dasturiga muvofiq, Olaf Shols va prezident Frank-Valter Shtaynmayer bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi, shuningdek, Markaziy Osiyo va Germaniya davlat rahbarlarining uchrashuvlari rejalashtirilgan.Mamlakat yetakchisi Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi tomonidan tashkil etiladigan ishbilarmonlik tadbirlarida ham ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.Kun tartibidan O‘zbekiston prezidentining joriy yil may oyidagi Germaniyaga rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari bilan investitsiyaviy, innovatsiyaviy va texnologik hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Germaniya kansleri Angela Merkelning taklifiga binoan birinchi rasmiy tashrif bilan 2019-yil, shu yilning may oyida Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning taklifiga binoan tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘lgan edi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/05/35698636_236:235:949:770_1920x0_80_0_0_4331980865bd63141a3cb963bb92f547.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston germaniya shavkat mirziyoyev prezident 28-30 sentabr amaliy tashrif bilan berlin
o‘zbekiston germaniya shavkat mirziyoyev prezident 28-30 sentabr amaliy tashrif bilan berlin
Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Germaniyaga jo‘nab ketdi
17:12 28.09.2023 (yangilandi: 18:54 28.09.2023) Prezident 28-30 sentabr kunlari amaliy tashrif bilan Berlin shahrida bo‘ladi.
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya kansleri Olaf Sholsning taklifiga binoan Germaniyaga jo‘nab ketdi, deya xabar berdi davlat rahbari
matbuot xizmati. Prezident 28-30 sentabr kunlari amaliy tashrif bilan Berlin shahrida bo‘ladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Olaf Shols va prezident Frank-Valter Shtaynmayer bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi, shuningdek, Markaziy Osiyo va Germaniya davlat rahbarlarining uchrashuvlari rejalashtirilgan.
Mamlakat yetakchisi Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi tomonidan tashkil etiladigan ishbilarmonlik tadbirlarida ham ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Kun tartibidan O‘zbekiston prezidentining joriy yil may oyidagi Germaniyaga rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari bilan investitsiyaviy, innovatsiyaviy va texnologik hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Germaniya kansleri Angela Merkelning taklifiga binoan birinchi rasmiy tashrif bilan 2019-yil, shu yilning may oyida Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning taklifiga binoan tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘lgan edi.