https://oz.sputniknews.uz/20230928/mdh-migratsiya-moslashuvchan-echimlarga-muhtoj-39414694.html
MDH migratsiya sohasida yanada moslashuvchan yechimlarga muhtoj – O‘zbekiston IIV
MDH migratsiya sohasida yanada moslashuvchan yechimlarga muhtoj – O‘zbekiston IIV
Sputnik O‘zbekiston
MDH migratsiya organlari rahbarlari Toshkentda migratsiya sohasida hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi. 28.09.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-09-28T17:32+0500
2023-09-28T17:32+0500
2023-09-28T17:32+0500
toshkent
mdh
migratsiya
anjuman
iiv
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/1c/39415208_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_a77f6e095a2e9383c5d6b7a87af11f97.jpg
TOShKENT, 28 sen – Sputnik. Dunyo va jamiyatdagi o‘zgarishlar migratsiya sohasida yanada moslashuvchan va samarali yechimlarni talab qilmoqda, dedi O‘zbekiston Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Shavkat Rahmonov bugun Toshkentda bo‘lib o‘tgan MDH davlatlari migratsiya organlari rahbarlarining 27-majlisida. O‘zbekiston vakili MDHda migrantlarni himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy moslashuvi va integratsiyasi, shuningdek, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha kelishuv va hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqishga muvaffaq bo‘lganini ta’kidladi va shu bilan birga yangi chaqiriqlarga ham tayyor bo‘lish kerakligini ta’kidladi. “Yangi texnologiyalar va rivojlanayotgan xalqaro munosabatlar migratsiyaning yangi jihatlarini yuzaga keltirmoqda, biz ularni hisobga olishimiz kerak”, - dedi Rahmonov. O‘zbekiston IIV xabariga ko‘ra, yig‘ilish ishtirokchilari MDH mamlakatlaridagi migratsiya holati, 2019–2023 yillarga mo‘ljallangan MDHning noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik dasturining borishini muhokama qiladi.Shuningdek, yig‘ilishda MDH doirasida muvofiqlashtirilgan migratsiya siyosati oib borish, hujjatlarni qalbakilashtirish, noqonuniy migratsiyaga chek qo‘yish bo‘yicha tadbirlar va maxsus operatsiyalarni o‘tkazish tajribasi bo‘yicha ma’lumotlar tinglandi. Undan tashqari migratsiya xizmatlari sohasida hujjat aylanishini raqamli shaklga zo‘tkazish, bu boradagi milliy qonunchilikdagi o‘zgartirishlar va Hamdo‘stlik mamlakatlari migratsiya organlarining huquqni qo‘llash amaliyoti, ushbu sohadagi normativ-huquqiy bazani inventarizatsiya qilish masalalari muhokama qilinadi. Tadbirda Ozarbayjon Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi va MDHga a’zo davlatlarning Parlamentlararo Assambleyasi delegatsiyalari ishtirok etdilar.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/1c/39415208_71:0:1210:854_1920x0_80_0_0_ddd17e24276a1a236088059dd8fce2b2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent, mdh, migratsiya, anjuman, iiv
toshkent, mdh, migratsiya, anjuman, iiv
MDH migratsiya sohasida yanada moslashuvchan yechimlarga muhtoj – O‘zbekiston IIV
MDH migratsiya organlari rahbarlari Toshkentda migratsiya sohasida hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.
TOShKENT, 28 sen – Sputnik. Dunyo va jamiyatdagi o‘zgarishlar migratsiya sohasida yanada moslashuvchan va samarali yechimlarni talab qilmoqda, dedi O‘zbekiston Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Shavkat Rahmonov bugun Toshkentda bo‘lib o‘tgan MDH davlatlari migratsiya organlari rahbarlarining 27-majlisida.
“So‘nggi yillarda sa’y-harakatlarimiz va hamkorligimiz migratsiyani boshqarish va migrantlar huquqlarini himoya qilish sohasida muhim yutuqlarga erishdi. Biroq, oldimizda murakkab vazifalar va muammolar qolmoqda. Jahondagi voqealar va jamiyatdagi o‘zgarishlar bizdan yanada moslashuvchan bo‘lishni va samarali qarorlar qabul qilishni talab qilmoqda”, — dedi Rahmonov yig‘ilishni ochar ekan.
O‘zbekiston vakili MDHda migrantlarni himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy moslashuvi va integratsiyasi, shuningdek, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha kelishuv va hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqishga muvaffaq bo‘lganini ta’kidladi va shu bilan birga yangi chaqiriqlarga ham tayyor bo‘lish kerakligini ta’kidladi.
“Yangi texnologiyalar va rivojlanayotgan xalqaro munosabatlar migratsiyaning yangi jihatlarini yuzaga keltirmoqda, biz ularni hisobga olishimiz kerak”, - dedi Rahmonov.
O‘zbekiston IIV xabariga ko‘ra, yig‘ilish ishtirokchilari MDH mamlakatlaridagi migratsiya holati, 2019–2023 yillarga mo‘ljallangan MDHning noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik dasturining borishini muhokama qiladi.
Shuningdek, yig‘ilishda MDH doirasida muvofiqlashtirilgan migratsiya siyosati oib borish, hujjatlarni qalbakilashtirish, noqonuniy migratsiyaga chek qo‘yish bo‘yicha tadbirlar va maxsus operatsiyalarni o‘tkazish tajribasi bo‘yicha ma’lumotlar tinglandi.
Undan tashqari migratsiya xizmatlari sohasida hujjat aylanishini raqamli shaklga zo‘tkazish, bu boradagi milliy qonunchilikdagi o‘zgartirishlar va Hamdo‘stlik mamlakatlari migratsiya organlarining huquqni qo‘llash amaliyoti, ushbu sohadagi normativ-huquqiy bazani inventarizatsiya qilish masalalari muhokama qilinadi.
Tadbirda Ozarbayjon Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi va MDHga a’zo davlatlarning Parlamentlararo Assambleyasi delegatsiyalari ishtirok etdilar.