https://oz.sputniknews.uz/20230927/yangi-parlament-tarkib-shakillanish-39353887.html
Yangi parlament tarkibi qachon shakllanishi ma’lum bo‘ldi
Yangi parlament tarkibi qachon shakllanishi ma’lum bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar va senatorlarning yangi vakolatlari ko‘rib chiqildi.
2023-09-27T11:39+0500
2023-09-27T11:39+0500
2023-09-27T14:58+0500
siyosat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/12/29228090_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_8022a31fd08786331cfb67ea0c3f06fc.jpg
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Senat a’zolari, Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosarlari soni va maqomini belgilovchi qoidalar navbatdagi parlament saylovidan keyin amalga kiritiladi. Bu haqda deputat Jahongir Shirinov ma’lum qildi.Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama etildi.Qayd etilishicha, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada kuchli parlament, ixcham va mas’uliyatli hukumat, mustaqil va adolatli sud tizimini barpo etishga qaratilgan bir qator yangi normalar o‘z aksini topdi.Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining so‘zlariga ko‘ra, amaliyotda senatorlarning 16 nafari prezident tomonidan tayinlanar edi. Hujjat loyihasida keltirilgan 17-modda senatorlar soni 9 nafar degan norma bilan almashtirilmoqda.Shuningdek, Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosarlari soni ikki nafardan oshmasligi kerak degan norma kiritilmoqda.Qonun loyihasida parlament palatalari, qonun ijodkorligi faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirishga qaratilgan normalar o‘z aksini topgan. Loyiha bilan 13 ta qonun, 1 ta kodeksga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish belgilanmoqda.Shuningdek, qonun loyihasi bilan Qonunchilik palatasidagi fraksiya rahbarining vakolatlari alohida moddada aniq belgilanmoqda. Parlament tekshiruvini Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari orasidan tenglik asosida tuziladigan birgalikdagi maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilishi ko‘zda tutilmoqda.Bundan tashqari, Qonunchilik palatasi qo‘mitalariga Hukumat a’zolarining hisobotlari va davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish tashabbusi bilan chiqish huquqi berilmoqda.Deputatlarning ta’kidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi yangi tahrirdagi Konstitutsiyasning so‘zsiz va to‘liq amalga oshirilishi, davlat organlarining faoliyatini yangicha konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda yo‘lga qo‘yilishini ta’minlashga xizmat qiladi.Parlament vakolatlariga oid qonun loyihasi 28-sentabrdan 14-oktabrgacha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/12/29228090_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_6240a5adcf8b79efd662ba25231c8bd6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
oliy majlis qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi deputatlar senatorlar
oliy majlis qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi deputatlar senatorlar
Yangi parlament tarkibi qachon shakllanishi ma’lum bo‘ldi
11:39 27.09.2023 (yangilandi: 14:58 27.09.2023) Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar va senatorlarning yangi vakolatlari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Senat a’zolari, Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosarlari soni va maqomini belgilovchi qoidalar navbatdagi parlament saylovidan keyin amalga kiritiladi. Bu haqda deputat Jahongir Shirinov ma’lum qildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama etildi.
Qayd etilishicha, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada kuchli parlament, ixcham va mas’uliyatli hukumat, mustaqil va adolatli sud tizimini barpo etishga qaratilgan bir qator yangi normalar o‘z aksini topdi.
“Senat a’zolari soni, qo‘mitalr nomini, Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosarlari soni va maqomini belgilovchi qoidalarni 2024-yilda navbatdagi chaqiriqdagi Oliy majlis palatalari ishi boshlangandan keyin amalga kiritish taklif etilmoqda”, — dedi deputat Jahongir Shirinov.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining so‘zlariga ko‘ra, amaliyotda senatorlarning 16 nafari prezident tomonidan tayinlanar edi. Hujjat loyihasida keltirilgan 17-modda senatorlar soni 9 nafar degan norma bilan almashtirilmoqda.
"Navbatdagi saylovdan keyin senat shakillanadi va shundan so‘ng bu norma ishlaydi", — deya qo‘shimcha qildi spiker.
Shuningdek, Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosarlari soni ikki nafardan oshmasligi kerak degan norma kiritilmoqda.
"Bu normani kiritish uchun 3 ta asos bor. Birichisi fraksiyalarni davlat organidan yanada mustaqilligini oshirish. Ikkinchisi spiker o‘rinbosarlarining xolisligini ta’minlash. Uchinchisi esa ihcham davlat boshqaruvini amalga oshirish",— dedi Shirinov.
Qonun loyihasida parlament palatalari, qonun ijodkorligi faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirishga qaratilgan normalar o‘z aksini topgan. Loyiha bilan 13 ta qonun, 1 ta kodeksga tegishli o‘zgartirish
va qo‘shimchalar kiritish belgilanmoqda.
"Xususan, 100 ming nafardan kam bo‘lmagan fuqarolar, Senat, Ombudsman va Markaziy saylov komissiyasi qonunchilik takliflarini Qonunchilik palatasiga kiritishga haqli ekanligi mustahkamlanmoqda. Mazkur norma davlat ishlarini boshqarishda fuqarolarning ishtirokini yanada kengaytiradi", — deb xabar bermoqda palata matbuot xizmati.
Shuningdek, qonun loyihasi bilan Qonunchilik palatasidagi fraksiya rahbarining vakolatlari alohida moddada aniq belgilanmoqda. Parlament tekshiruvini Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari orasidan tenglik asosida tuziladigan birgalikdagi maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilishi ko‘zda tutilmoqda.
Bundan tashqari, Qonunchilik palatasi qo‘mitalariga Hukumat a’zolarining hisobotlari va davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish tashabbusi bilan chiqish huquqi berilmoqda.
Deputatlarning ta’kidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi yangi tahrirdagi Konstitutsiyasning so‘zsiz va to‘liq amalga oshirilishi, davlat organlarining faoliyatini yangicha konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda yo‘lga qo‘yilishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Parlament vakolatlariga oid qonun loyihasi 28-sentabrdan 14-oktabrgacha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi.