https://oz.sputniknews.uz/20230927/sholts-berbok-ukraina-sharmanda-39367414.html
Shols va Berbok Ukraina tufayli omma oldida sharmanda bo‘ldi
Shols va Berbok Ukraina tufayli omma oldida sharmanda bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Nemislar Germaniya kansleri Olaf Shols va TIV rahbari Annalena Berbokka mamlakat bo‘ylab saylovoldi safar chog‘ida Ukrainaga yordam tufayli yuzaga kelgan muammolar ortidan qichqirib, norozilik bildirishdi.
2023-09-27T16:41+0500
2023-09-27T16:41+0500
2023-09-27T16:41+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
olaf shols
germaniya
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/1b/39367734_279:4:3073:1576_1920x0_80_0_0_11480d6b8734e87d16b5a3b58317ae8b.jpg
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Nemislar Germaniya kansleri Olaf Shols va TIV rahbari Annalena Berbokka mamlakat bo‘ylab saylovoldi safar chog‘ida Ukrainaga yordam tufayli yuzaga kelgan muammolar ortidan qichqirib, norozilik bildirishdi. Bu haqda “Spiegel” sujetida ma’lum qilindi, deb yozmoqda RIA Novosti.Siyosatchilar turli partiya a’zolariga bo‘lishlariga qaramay, Shols – Sotsial-demokratlar partiyasi, Berbok esa – “Yashillar”, nemislar ularni bir xil norozilik bilan qarshi olishgan.Darg‘azab fuqarolar Sholsni Ukrainadagi mojaroni boshlashda, inflyatsiya va migratsiya inqirozida ayblashgan. To‘planganlardan biri Germaniya hukumatini iste’foga chiqarishga, uning a’zolarini esa sudga berishga chaqirgan.Mahalliy aholi Berbokdan “bu yerdan tuyog‘ini shiqillatishini” talab qilish va “yashillarni” Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishda ayblashdi.Jurnalistlar siyosatchilar tishini tishiga qo‘yib, oldinga yurishdan boshqa iloji qolgani haqida xulosaga kelishgan.Avvalroq Insa instituti so‘rovi hukmron partiyani qo‘llov-quvvatlovchi nemislar soni 2021-yildagi saylovlardan buyon eng kam kishini tashkil etayotganini ko‘rsatgan edi.Moskva bir necha marta G‘arbning harbiy yordami Ukraina hech qanday yordam bermasligi va mojaroni faqat cho‘zishi mumkinligini aytgan. Qurol-yarog‘ ortilgan har qanday yuk Rossiya armiyasi uchun qonuniy nishonga aylanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20230926/germaniya-kiev-eski-texnika-39319072.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/1b/39367734_492:56:3073:1992_1920x0_80_0_0_abe240da680e7dba37d29d69491e99e2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
germaniya kansleri olaf shols tiv rahbari annalena berbok
germaniya kansleri olaf shols tiv rahbari annalena berbok
Shols va Berbok Ukraina tufayli omma oldida sharmanda bo‘ldi
Siyosatchilar turli partiya a’zolariga bo‘lishlariga qaramay nemislar ularni bir xil norozilik bilan qarshi olishgan.
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Nemislar Germaniya kansleri Olaf Shols va TIV rahbari Annalena Berbokka mamlakat bo‘ylab saylovoldi safar chog‘ida Ukrainaga yordam tufayli yuzaga kelgan muammolar ortidan qichqirib, norozilik bildirishdi. Bu haqda “Spiegel”
sujetida ma’lum qilindi, deb
yozmoqda RIA Novosti.
Siyosatchilar turli partiya a’zolariga bo‘lishlariga qaramay, Shols – Sotsial-demokratlar partiyasi, Berbok esa – “Yashillar”, nemislar ularni bir xil norozilik bilan qarshi olishgan.
“Haqoratlar, “b-u-u" qichqiriqlar va hushtak ovozidan iborat chinqiriqli konsert. Federal kansler Shols uchun Nyurnberg markazida uncha yoqimli bo‘lmagan qabul”, - deyilgan xabarda.
Darg‘azab fuqarolar Sholsni Ukrainadagi mojaroni boshlashda, inflyatsiya va migratsiya inqirozida ayblashgan. To‘planganlardan biri Germaniya hukumatini iste’foga chiqarishga, uning a’zolarini esa sudga berishga chaqirgan.
“Manzara o‘zgaradi. Annalena Berbokning Augsburgdagi savlovoldi chiqishi. “Yashillar” ko‘pchilik uchun hozir – millat qo‘rg‘ichi. Hatto tashqi ishlar vaziri o‘zini xalqqa yaqin qilib ko‘rsatishga urinmoqda, buni o‘zgartirishga qodir emas”, - dedi boshlovchi.
Mahalliy aholi Berbokdan “bu yerdan tuyog‘ini shiqillatishini” talab qilish va “yashillarni” Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishda ayblashdi.
Jurnalistlar siyosatchilar tishini tishiga qo‘yib, oldinga yurishdan boshqa iloji qolgani haqida xulosaga kelishgan.
Avvalroq Insa instituti so‘rovi hukmron partiyani qo‘llov-quvvatlovchi nemislar soni 2021-yildagi saylovlardan buyon eng kam kishini tashkil etayotganini ko‘rsatgan edi.
Moskva bir necha marta G‘arbning harbiy yordami Ukraina hech qanday yordam bermasligi va mojaroni faqat cho‘zishi mumkinligini aytgan. Qurol-yarog‘ ortilgan har qanday yuk Rossiya armiyasi uchun qonuniy nishonga aylanadi.