“Shimoliy oqim”dagi teraktga bir yil to‘ldi - video

Obuna bo‘lish
Yevropaga gaz yetkazib beruvchi ikkita gaz quvuri roppa-rosa bir yil oldin portlab yuborilgan edi.
O‘tgan yili 26-sentabr kuni Rossiyaning Yevropaga gaz yetkazib beruvchi ikkita gaz quvuri – “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim 2” portlatilgan edi. Kreml voqeani xalqaro terrorchilik harakati deb atadi.
G‘arb va Ukraina esa portlashlarda darhol Rossiyani ayblashga o‘tdi. Yil oxiriga kelib G‘arb OAVlari "Shimoliy oqim”dagi hujum ortida Rossiya turganligining ishonchli dalillari yo‘qligi haqida yoza boshladi.
Pulitser mukofoti laureati amerikalik jurnalist Seymur Xersh o‘zi o‘tkazgan surishtiruv natijalariga tayanib, quvurlarni AQSh portlatgan degan xulosaga keldi. Amerikalik g‘avvoslar NATO mashg‘ulotlari chog‘ida portlovchi moddalarni o‘rnatishgan, portlatish to‘g‘risidagi qarorni esa shaxsan AQSh prezidenti Jo Bayden milliy xavfsizlik jamoasi bilan to‘qqiz oylik muhokamalardan so‘ng qabul qilgan. Rasmiy Vashington esa tabiiyki bu bayonotlarni yolg‘on deb atadi.
Mart oyi boshida "The New York Times" razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, "Shimoliy oqim"ga hujum ortida qandaydir ukrainaparast guruh turgani va rasmiy Kiyev uning rejalari haqida hech narsa bilmasligini yozgan edi.
Batafsil - Sputnik videosida.
Yangiliklar lentasi
0