Prezident tashrifi arafasida Germaniyada yangi elchi tayinlandi

© Mejdunarodniy press-klubDilshod Axatov
Dilshod Axatov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2023
Obuna bo‘lish
Prezident tashrifi arafasida O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi Nabijon Qosimov o‘rniga Dilshod Axatov tayinlandi.
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. O‘zbekistonning Germaniyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Dilshod Axatov Berlin shahriga keldi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Dilshod Axatov 2017-2023 yillarda Berlindagi elchi lavozimida ishlagan Nabijon Qosimov o‘rnini egalladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya kansleri Olaf Sholsning taklifiga binoan 28-30 sentabr kunlari amaliy tashrif bilan Berlin shahrida bo‘ladi.
Dilshod Axatov 51 yoshda
U 2020–2023 yillarda u O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasiga rahbarlik qilgan.
2010-2013 yillarda Germaniya elchi hamda Shveysariya, Chexiya, Shvetsiya va Ispaniyada o‘rindoshlik asosida elchi bo‘lgan.
Tashqi ishlar vazirligi tizimida stajor sifatida ish boshlagan, boshqarma va Bosh boshqarma boshlig‘i, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarigacha bo‘lgan bosqichlarni bosib o‘tgan.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutini tamomlagan
Yangiliklar lentasi
0