Oktabrdagi dam olish kunlari - taqvim va muhim sanalar

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonliklar bu yil 2-oktabr, dushanba kuni ham dam olishadi.
O‘zbekistonda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni yakshanba kuniga to‘g‘ri keladi. Shu bois 2-oktabr, dushanba kuni ham dam olish kuni bo‘ladi. Bu yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida belgilangan.
Kodeksning 208-moddasiga ko‘ra, dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.
Bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat ko‘rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari to‘xtatib qo‘yish mumkin bo‘lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari ko‘chirilmaydi.
Shuningdek, dam olish kunlaridan va ishlanmaydigan bayram kunlaridan xodimlarning oqilona foydalanishi maqsadida dam olish kunlari O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan boshqa kunlarga ko‘chirilishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0