Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Germaniyaga boradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vo vremya vizita v Germaniyu. Arxivnoe foto
Shavkat Mirziyoyev vo vremya vizita v Germaniyu. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2023
Obuna bo‘lish
Berlinda Markaziy Osiyo va Germaniya davlat rahbarlarining uchrashuvlari rejalashtirilgan.
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya kansleri Olaf Sholsning taklifiga binoan 28-30 sentabr kunlari amaliy tashrif bilan Berlin shahrida bo‘ladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Olaf Shols va prezident Frank-Valter Shtaynmayer bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi, shuningdek, Markaziy Osiyo va Germaniya davlat rahbarlarining uchrashuvlari rejalashtirilgan.
Mamlakat yetakchisi Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi tomonidan tashkil etiladigan ishbilarmonlik tadbirlarida ham ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Kun tartibidan O‘zbekiston prezidentining joriy yil may oyidagi Germaniyaga rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari bilan investitsiyaviy, innovatsiyaviy va texnologik hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Yangiliklar lentasi
0