G‘arb texnikasi Ukrainada nega tez-tez buzilib qolmoqda

© Sputnik / Mediabankka o‘tishYakson qilingan Ukraina tanki, arxiv surat
Yakson qilingan Ukraina tanki, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2023
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, ukrainalik artilleriyalarni jang maydoniga yuborishdan oldin ularni tayyorlash uchun juda kam vaqt ajratilmoqda.
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Ukrainalik harbiylarning yetarlicha o‘qitilmagani G‘arb texnikasining tez-tez buzilishiga olib keldi, deb yozmoqda “The Wall Street Journal” gazetasi.

“Ukrainalik artilleriyalarni jang maydoniga yuborishdan oldin ularni tayyorlash uchun juda kam vaqt ajratilgani bu buzilishlarning sabablari bo‘lishi mumkin”, - deyilgan xabarda.

Ukrainalik harbiylarning ma’lum qilishicha, Germaniyaning “Rheinmetall” konsernining “Panzerhaubitze” gaubitsalari uzluksiz foydalanish tufayli tez-tez buzilib qoladi.
Maqolada yozilishicha, ukrainaliklarni bu mashinalardan foydalanishga o‘rgatish uchun jami 5 hafta davom etgan. Nemis askarlari esa odatda kamida 4 oy undan foydalanishni o‘rganishadi.
Ukraina armiyasi 4-iyundan buyon qarshi hujum qilishga muvaffaqiyatsiz urinmoqda. 12-sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kiyev bu vaqtga kelib 71,5 ming harbiysi va 18,5 mingta tank va boshqa zirhli mashinasini yo‘qotganini ma’lum qildi. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu 26-sentabr kuni Ukraina sentabr oyining o‘zida 17 mingdan ziyod kishisini yo‘qotganini ma’lum qildi. Kiyevning “ qarshi hujumi” biror bir natija bermagan.
Yangiliklar lentasi
0