Farhod Mannopov vafoti bilan bog‘liq jinoyat ishi sudga yuborildi

© Ijtimoiy tarmoqFarhod Mannopov
Farhod Mannopov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2023
Obuna bo‘lish
Jinoyat ishi doirasida 2 nafar shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilingan.
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Farhod Mannopov (Mittivine) vafoti bilan bog‘liq jinoyat ishi sudga yuborildi. Bu haqda Sputnik'ga Bosh prokuratura matbuot kotibi ma’lum qildi.
Jinoyat ishi doirasida 2 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 116- (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) va 117- (Xavf ostida qoldirish) moddalari bilan ayblov e’lon qilingan.
Eslatib o‘tamiz, taniqli bloger Farhod Mannopov joriy yilning 5-mart kuni vafot etgandi. U yiqilish oqibatida olgan tan jarohati sabab operatsiya qilingan. Shundan so‘ng, koma holatidan chiqa olmagan.
Yangiliklar lentasi
0