https://oz.sputniknews.uz/20230927/eoiida-dori-ichimlik-markalash-standarti-39365531.html
YeOIIda dori, ichimlik va gadjetlar uchun yagona markalash standarti qabul qilinmoqda
YeOIIda dori, ichimlik va gadjetlar uchun yagona markalash standarti qabul qilinmoqda
Sputnik O‘zbekiston
YeOIIda dori vositalari, ichimliklar, telefon va noutbuklarni markirovka qilishning umumiy qoidalarini qabul qildi.
2023-09-27T16:08+0500
2023-09-27T16:08+0500
2023-09-27T16:30+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
o‘zbekiston
markirovkalash
raqamli texnologiyalar
iqtisod
dori
yeik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/1a/24211750_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_ce860057d32f9b2260fd4c613201c5a2.jpg
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Kengashi YeOII mamlakatlarida dori vositalari, alkogolsiz ichimliklar, jumladan, sharbatlar, shuningdek, telefonlar va noutbuklarni markalash qoidalarini unifikatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi, deyiladi komissiya xabarida. RIA Novosti xabariga asosan.Qabul qilingan hujjatlarga ko‘ra, YeOIIga a’zo davlatlar o‘z hududida identifikatsiya vositalari bilan mahsulotlarni joriy etish sanasi va markalash tartibini mustaqil ravishda belgilaydi va bu haqda olti oydan kechiktirmay YeIKni xabardor qiladi.Qaror kuchga kirganidan so‘ng YeOII mamlakatlarining har birida Ittifoqning boshqa a’zolari tomonidan yagona qoidalar asosida markirovka qilingan mahsulotlarni identifikatsiya qilish vositalarini tan olish kafolatlanadi. Ayrim davlatlarda mavjud o‘ziga xos sharoitlar hamda ularning xohish-istaklariga qarab, alohi mahsulot turlari hozircha YeIK standartiga ko‘ra markirovka qilinmaydi. Shuningdek, Qirg‘izistonda, istisno ravishda, mahalliy tizimining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, dori vositalarini markirovkasi YeOIIdan farqli identifikatsiya tizimini qo‘llash imkoni berilgan. O‘zbekiston bilan hamkorlik2019 yilda O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi Rossiyaning Ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirish markazi (SRPT) bilan respublikada ayrim tovarlarni raqamli markalashni joriy etish bo‘yicha memorandum imzolagan edi.2021 yilda O‘zbekistonda Rossiya texnologiyasi asosida bosqichma-bosqich markalash joriy etildi: avvaliga sigaretalar va spirtli ichimliklar, keyin pivo, so‘ngra ayrim maishiy texnika, dori-darmon va boshqa tibbiy buyumlar.2023 yilning 1-iyulidan boshlab ichimlik suvi va alkogolsiz ichimliklarni markalashni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirilgan edi, lekin ayrim sabablarga ko‘ra 2024-yilga qoldirildi.Ayni damda O‘zbekiston va Rossiya farmatsevtika mahsulotlarining raqamli markirovka kodlarini o‘zaro tan olish arafasida turibdi. Mamlakatlar texnologik jihatdan bu jarayonga allaqachon tayyor, faqat ma’lum burokratik tartib-qoidalarni bajarish qolgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/1a/24211750_0:112:2521:2002_1920x0_80_0_0_63ebe24d1c2af2e8efee9d68f68167bb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeoii dori vositalari ichimliklar telefon noutbuklar markirovka stanlart yeik
yeoii dori vositalari ichimliklar telefon noutbuklar markirovka stanlart yeik
YeOIIda dori, ichimlik va gadjetlar uchun yagona markalash standarti qabul qilinmoqda
16:08 27.09.2023 (yangilandi: 16:30 27.09.2023) YeOIIda dori vositalari, ichimliklar, telefon va noutbuklarni markirovka qilishning umumiy qoidalari qabul qilindi.
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Kengashi YeOII mamlakatlarida dori vositalari, alkogolsiz ichimliklar, jumladan, sharbatlar, shuningdek, telefonlar va noutbuklarni markalash qoidalarini unifikatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi, deyiladi komissiya xabarida. RIA Novosti
xabariga asosan.
“YeIK Kengashi tomonlar takliflarini ko‘rib chiqdi va YeOII mamlakatlarida dori vositalari, alkogolsiz ichimliklar, sharbatlar, shuningdek, telefonlar va noutbuklarni markalashning yagona qoidalarini belgilash to‘g‘risida qaror qabul qildi”, — deyiladi xabarda.
Qabul qilingan hujjatlarga ko‘ra, YeOIIga a’zo davlatlar o‘z hududida identifikatsiya vositalari bilan mahsulotlarni joriy etish sanasi va markalash tartibini mustaqil ravishda belgilaydi va bu haqda olti oydan kechiktirmay YeIKni xabardor qiladi.
Qaror kuchga kirganidan so‘ng YeOII mamlakatlarining har birida Ittifoqning boshqa a’zolari tomonidan yagona qoidalar asosida markirovka qilingan mahsulotlarni identifikatsiya qilish vositalarini tan olish kafolatlanadi.
Ayrim davlatlarda mavjud o‘ziga xos sharoitlar hamda ularning xohish-istaklariga qarab, alohi mahsulot turlari hozircha YeIK standartiga ko‘ra markirovka qilinmaydi.
"Xususan, Armanistonda — dori vositalari, Qozog‘istonda — salqin ichimliklar va sharbatlar, Qirg‘izistonda — noutbuklar va telefonlar”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Qirg‘izistonda, istisno ravishda, mahalliy tizimining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, dori vositalarini markirovkasi YeOIIdan farqli identifikatsiya tizimini qo‘llash imkoni berilgan.
O‘zbekiston bilan hamkorlik
2019 yilda O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi Rossiyaning Ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirish markazi (SRPT) bilan respublikada ayrim tovarlarni raqamli markalashni joriy etish bo‘yicha memorandum imzolagan edi.
2021 yilda O‘zbekistonda Rossiya texnologiyasi asosida bosqichma-bosqich markalash joriy etildi: avvaliga sigaretalar va spirtli ichimliklar, keyin pivo, so‘ngra ayrim maishiy texnika, dori-darmon va boshqa tibbiy buyumlar.
2023 yilning 1-iyulidan boshlab ichimlik suvi va alkogolsiz ichimliklarni markalashni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirilgan edi, lekin ayrim sabablarga ko‘ra 2024-yilga qoldirildi.
Ayni damda O‘zbekiston va Rossiya farmatsevtika mahsulotlarining raqamli markirovka kodlarini o‘zaro tan olish arafasida turibdi. Mamlakatlar texnologik jihatdan bu jarayonga allaqachon tayyor, faqat ma’lum burokratik tartib-qoidalarni bajarish qolgan.