Endi tibbiyot muassasalari talabalari inson omilisiz imtihon topshiradi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovAbituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov. Arxivnoe foto
Abituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2023
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, muassasalarda ushbu uskunalarni o‘rtanish ishlari olib borilmoqda.
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab tibbiyot talabalari robot-simulyatorlar yordamida inson omilisiz imtihon topshiradi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilm-fan va ta’lim boshqarmasi boshlig‘i O‘ktam Ismoilov SSVga ma’lumot berdi.
“2023/2024 o‘quv yilidan boshlab bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura bosqichlari talabalarining nazariy hamda amaliy bilim-ko‘nikmalari inson omilisiz, maxsus robot-simulyatorlar orqali baholanadi”, — deydi Ismoilov.
Prezidentning “Ma’muriy islohotlar doirasida sog‘liqni saqlash sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”da tibbiyot oliy ta’lim muassasalari hamda tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash muassasalari uchun ularning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan simulyator uskunalarini xarid qilish vazifasi belgilangan edi.
Ta’kidlanishicha, muassasalarda ushbu uskunalarni o‘rtanish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, ordinaturaga va internaturaga kirish imtihonlari ham inson omilisiz o‘tkaziladi.
Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2023/2024 o‘quv yilida klinik ordinatura va internatura yo‘nalishi bo‘yicha imtihonlarni tashkil etish maqsadida test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, baholash mezonlari va ularni shakllantiruvchi ekspertlar guruhi tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, bu yildan boshlab klinik ordinatura va internaturaga kirish imtihonlari inson omilidan butunlay xoli bo‘ladi. Shu paytgacha suhbat asosida o‘tkazib kelingan qabul jarayonlariga chek qo‘yiladi.
Endilikda tibbiyot oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallari, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, ilmiy tadqiqot institutlarida klinik ordinatura va internatura mutaxassisliklari bo‘yicha kirish imtihonlari bir bosqichli test sinovlari asosida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladi.
Bunda har bir talabgor uchun BHMning yarim baravari miqdoridagi to‘lov tegishli tibbiy ta’lim muassasasi tomonidan to‘lab berilishi belgilangan.
Ta’kidlanishicha, qabul jarayonlari yiliga 2-marta tashkil etilishi ham nomzodlar uchun qo‘shimcha imkoniyat beradi.
Yangiliklar lentasi
0