https://oz.sputniknews.uz/20230927/dollar-tamom-aqsh-oz-qarzini-yoqqa-chiqarishga-tayyorlanmoqda-39376391.html
Dollar tamom: AQSh o‘z qarzini yo‘qqa chiqarishga tayyorlanmoqda
Dollar tamom: AQSh o‘z qarzini yo‘qqa chiqarishga tayyorlanmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Yevropa Markaziy banki rahbari dollar inqirozi muqarrab dedi, bu nimani anglatadi? Ehtimol AQSh dollarni qadrsizlantirish orqali o‘zining ulkan qarzlarini yo‘qqa... 27.09.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-09-27T22:13+0500
2023-09-27T22:13+0500
2023-09-27T22:13+0500
kolumnistlar
aqsh
aqsh dollari
dollardan voz kechish
dollar
xalqaro valyuta jamg‘armasi (xvj)
federal rezerv tizimi
yevropa ittifoqi
yevro
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/06/36588256_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_12c8b710b157e786acd779660f0867c4.jpg
Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Pol Krugman va taniqli jurnalist Piter Koy "Nyu-York Tayms" sahifalarida qachon hamma narsa “mis tog‘ora bilan” yopilishini muhokama qilishmoqda. Buning ko‘plab sinonimlari bor: "retsessiya", "iqtisodiy pasayish", "salbiy o‘sish". Ammo, aslida, Buyuk Depressiyadan ancha kuchli bo‘lgan iqtisodiy inqiroz haqida gap ketmoqda.Koyning ishonchi komilki, inqiroz bu yil oxiri yoki keyingi yil boshida Amerika iqtisodiyoti yetib keladi. Eng yaxshi investorlar va oddiy amerikaliklar shunday fikrda. Shu bilan birga, Krugman eng yomoni sodir bo‘masligi va va AQSh "yumshoq qo‘nishi"ga umid qilmoqda. Uning fikricha qulash sodir bo‘ladi, lekin nazorat ostida.Lekin har ikkala mutaxassisni ham FRSning hayratlanarli darajada ijobiy prognozlari taajubga solmoqda. Bu, albatta, juda yomon belgi. OAVda hamma narsa yaxshi bo‘ladi degan bayonotlar paydo bo‘lishi bilan bir vaqtda, aqlli investorlar hamma narsa aksincha bo‘lishini tushunib, kapitallarini naqd boyliklarga o‘tkaza boshlaydilar. Soy ham, Krugman ham o‘quvchilar e’tiborini FedRezerv har bir inqiroz arafasida inqiroz belgilari yo‘qligini rasman e’lon qilishiga qaratadi. Ya’ni regulyator yolg‘on gapiradi.Xo‘sh, bularning barchasi bizga nima kerak? Amerikaliklar o‘z uyidagi iqtisodiy muammolarga chalg‘ib, xorijda suvlarni loyqatishni to‘xtatsalar, bu yaxshi barcha bo‘lishi ham mumkin. Muammo shundaki, har safar Qo‘shma Shtatlar butun insoniyat hamoni yordamida inqirozdan chiqib ketgan.Har yetti-o‘n yilda bir xil voqea takrorlanadi. Qo‘shma Shtatlardagi inqiroz butun dunyoda resurslar va aktivlar narxini pasaytirgan. Qo‘rqib ketgan investorlar naqd pulga - ya’ni dollar sotib olishga kirishadi va bu Amerika valyutasini mustahkamlagan. Ya’ni Amerika qimmatli qog‘ozlari qayta tiklangan, amerikalik nafaqaxo‘rlar kruizga chiqishgan va ho kazo. Boshqa xalqlar esa qiynali o‘z valyutalarining qulashini, inflyatsiyaning yangi bosqichini, korxonalarning vayron bo‘lishini boshidan kechirgan.Qo‘shma Shtatlar uchun har bir inqiroz dunyo davlatlarini soliqqa tortish imkoniyati bo‘lgan. Amerika iqtisodiyoti global lokomotiv bo‘lgan vaqtda, boshqa davlat hukumatlari va markaziy banklari bunga chidashdi. Ha, bu soliq edi, lekin rivojlanish solig‘i edi. Endi Qo‘shma Shtatlarni qutqarishning iqtisodiy ma’nosi qolmadi.Bu firibgarlikning oxiri aniq: "tovlamachini hamma tanib qolgan va bundan buyon shunchaki urishni boshlaydi." Xitoy Qo‘shma Shtatlarni avvalgidek turg‘unlikdan qutqarmaydi, deb tan oldi Wall Street Journal. "Yo‘q, dunyoning markaziy banklari bu safar bizni qutqarmaydi", deb tasdiqlaydi mashhur treyder.Shu joyida Yevropaning Politico nashrida chop etilgan qiziqarli maqolani keltirmoqchimiz. "Kristin Lagard nimaga tayyorlanmoqda? – degan mavzuda.Jurnalistlar dunyo Markaziy banklari raislarining eng maxfiy yig‘ilishidan ma’lumot olishga muvaffaq bo‘lishdi. U har avgust oyida AQShning Vayoming shtatidagi Jekson Xoul shaharchasida bo‘lib o‘tadi. Yevropa Markaziy banki raisi Kristin Lagard ushbu yig‘ilishda katta shov-shuga sabab bo‘lgan nutq so‘zladi.Politico bu nutqini Lagardning aprel oyidagi bayonoti bilan bog‘ladi. Keyin YeMB raisi shaffof tarzda Bretton-Vuds tizimining zavol topishi va dollarning muqarrar inqiroziga ishora qildi. Yuan va rupiyaning ahamiyati ortib borayotganini ta’kidlab, u "xalqaro zaxira valyutasi maqomini endi qabul qilib bo‘lmasligini" ta’kidladi.Bu haqiqatan ham Yevropa Markaziy banki raisi uchun juda kuchli nutq bo‘ldi. Vaholanki, uning vazifasi investorlarda xotirjamlik uyg‘otish va bozorlardagi vahima paydo bo‘lishining oldini olish edi.Shu bilan birga, Kristin Lagard Amerika moliyaviy elitasiga qarshi yashirincha kurashayotgan yevropalik partizan emas. Uning vatandoshi Dominik Strauss-Kan juda isonchi edi. 2011-yilda u Vashington konsensusi jahon iqtisodiyoti uchun yomon ekanligini aytdi. Shundan so‘ng oradan bir oy ham o‘tmasdan uni Nyu-Yorkda qora tanli xizmatkor bilan aloqada bo‘lganlikda ayblanib hibsga olishdi va butun dunyoga sharmanda qilib XVJ rahbari lavozimidan haydashdi.Uning o‘rniga kelgan fransuz ayoli Kristin Lagard umriningg yarmini AQShda o‘tkazgan edi. Keyin Amerika moliyaviy elitalari uni ehtiyotkorlik bilan Yevropa Markaziy banki direktori lavozimiga ko‘tarishdi.Bugungi kunda hech kim Kristin Lagardni hibsga olishga urinmayapti, garchi uning bayonotlari Strauss-Kan aytgan hamma narsadan ko‘ra shov-shuvliroq bo‘lsa-da. Darhaqiqiat, u dunyoning zaxira valyutasi sifatida dollar gegemonligining tugashini bashorat qilmoqda. Ammo agar u buni amerikalik qo‘llab-quvvatlovchilarning buyrug‘i bilan qilayotgan bo‘lsa, bu nimani anglatadi? Ehtimol bu ularning tanazzuldan chiqish sssenariysidir? Dollarni tushirish orqali ular bir vaqtning o‘zida Qo‘shma Shtatlarning ulkan qarzlarini qadrsizlantiradilar. Ehtimol AQSh mashhur film qahramoni aytganidek “Men kimdan qarzdor bo‘lsam, hammasidan kechdim”, qabilida o‘z qarzlaridan voz kechmoqchidir?
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Viktoriya Nikiforova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0f/34952263_0:0:600:600_100x100_80_0_0_6837b04e094791b35d53049bcd2e2876.jpg
Viktoriya Nikiforova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0f/34952263_0:0:600:600_100x100_80_0_0_6837b04e094791b35d53049bcd2e2876.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/06/36588256_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_ccd520dabadd4dc92835aae8c7f5c1b5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Viktoriya Nikiforova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0f/34952263_0:0:600:600_100x100_80_0_0_6837b04e094791b35d53049bcd2e2876.jpg
kolumnistlar, aqsh, aqsh dollari, dollardan voz kechish, dollar, xalqaro valyuta jamg‘armasi (xvj), federal rezerv tizimi, yevropa ittifoqi, yevro
kolumnistlar, aqsh, aqsh dollari, dollardan voz kechish, dollar, xalqaro valyuta jamg‘armasi (xvj), federal rezerv tizimi, yevropa ittifoqi, yevro
Dollar tamom: AQSh o‘z qarzini yo‘qqa chiqarishga tayyorlanmoqda
Yevropa Markaziy banki rahbari dollar inqirozi muqarrab dedi, bu nimani anglatadi? Ehtimol AQSh dollarni qadrsizlantirish orqali o‘zining ulkan qarzlarini yo‘qqa chiqarmoqchimi?
Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Pol Krugman va taniqli jurnalist Piter Koy "Nyu-York Tayms" sahifalarida qachon hamma narsa “mis tog‘ora bilan” yopilishini muhokama qilishmoqda. Buning ko‘plab sinonimlari bor: "retsessiya", "iqtisodiy pasayish", "salbiy o‘sish". Ammo, aslida, Buyuk Depressiyadan ancha kuchli bo‘lgan iqtisodiy inqiroz haqida gap ketmoqda.
Koyning ishonchi komilki, inqiroz bu yil oxiri yoki keyingi yil boshida Amerika iqtisodiyoti yetib keladi. Eng yaxshi investorlar va oddiy amerikaliklar shunday fikrda. Shu bilan birga, Krugman eng yomoni sodir bo‘masligi va va AQSh "yumshoq qo‘nishi"ga umid qilmoqda. Uning fikricha qulash sodir bo‘ladi, lekin nazorat ostida.
Biroq, har ikkala suhbatdoshning ta’kidlashicha, AQSh tarixida FRS stavkasining bir necha chorak davomida ketma-ket oshirilishi doimo inqirozlarga olib kelgan va joriy o‘sish davomiylik bo‘yicha barcha rekordlarni yangilagan va inflyatsiyani orzu qilingan ikki foizgacha kamaytirmagan.
Lekin har ikkala mutaxassisni ham FRSning hayratlanarli darajada ijobiy prognozlari taajubga solmoqda. Bu, albatta, juda yomon belgi. OAVda hamma narsa yaxshi bo‘ladi degan bayonotlar paydo bo‘lishi bilan bir vaqtda, aqlli investorlar hamma narsa aksincha bo‘lishini tushunib, kapitallarini naqd boyliklarga o‘tkaza boshlaydilar. Soy ham, Krugman ham o‘quvchilar e’tiborini FedRezerv har bir inqiroz arafasida inqiroz belgilari yo‘qligini rasman e’lon qilishiga qaratadi. Ya’ni regulyator yolg‘on gapiradi.
Xo‘sh, bularning barchasi bizga nima kerak? Amerikaliklar o‘z uyidagi iqtisodiy muammolarga chalg‘ib, xorijda suvlarni loyqatishni to‘xtatsalar, bu yaxshi barcha bo‘lishi ham mumkin. Muammo shundaki, har safar Qo‘shma Shtatlar butun insoniyat hamoni yordamida inqirozdan chiqib ketgan.
Har yetti-o‘n yilda bir xil voqea takrorlanadi. Qo‘shma Shtatlardagi inqiroz butun dunyoda resurslar va aktivlar narxini pasaytirgan. Qo‘rqib ketgan investorlar naqd pulga - ya’ni dollar sotib olishga kirishadi va bu Amerika valyutasini mustahkamlagan. Ya’ni Amerika qimmatli qog‘ozlari qayta tiklangan, amerikalik nafaqaxo‘rlar kruizga chiqishgan va ho kazo. Boshqa xalqlar esa qiynali o‘z valyutalarining qulashini, inflyatsiyaning yangi bosqichini, korxonalarning vayron bo‘lishini boshidan kechirgan.
Qo‘shma Shtatlar uchun har bir inqiroz dunyo davlatlarini soliqqa tortish imkoniyati bo‘lgan. Amerika iqtisodiyoti global lokomotiv bo‘lgan vaqtda, boshqa davlat hukumatlari va markaziy banklari bunga chidashdi. Ha, bu soliq edi, lekin rivojlanish solig‘i edi. Endi Qo‘shma Shtatlarni qutqarishning iqtisodiy ma’nosi qolmadi.
Bu firibgarlikning oxiri aniq: "tovlamachini hamma tanib qolgan va bundan buyon shunchaki urishni boshlaydi." Xitoy Qo‘shma Shtatlarni avvalgidek turg‘unlikdan qutqarmaydi, deb tan oldi Wall Street Journal. "Yo‘q, dunyoning markaziy banklari bu safar bizni qutqarmaydi", deb tasdiqlaydi mashhur treyder.
Ma’lum bo‘lishicha, bu safargi retsessiya Amerika dollarini kuchaytirmaydi, aksincha zaiflashtiradi. Xo‘sh, biz nima qilishimiz kerak?
Shu joyida Yevropaning Politico nashrida chop etilgan qiziqarli maqolani keltirmoqchimiz. "Kristin Lagard nimaga tayyorlanmoqda? – degan mavzuda.
Jurnalistlar dunyo Markaziy banklari raislarining eng maxfiy yig‘ilishidan ma’lumot olishga muvaffaq bo‘lishdi. U har avgust oyida AQShning Vayoming shtatidagi Jekson Xoul shaharchasida bo‘lib o‘tadi. Yevropa Markaziy banki raisi Kristin Lagard ushbu yig‘ilishda katta shov-shuga sabab bo‘lgan nutq so‘zladi.
"Global iqtisodiy munosabatlarda tub o‘zgarishlarni o‘z ichiga olgan ssenariylar ehtimoli juda yuqori. Dunyo avvalgi qoidalar endi qo‘llanilmaydigan yangi davrga kirishi mumkin", - dedi u.
Politico bu nutqini Lagardning aprel oyidagi bayonoti bilan bog‘ladi. Keyin YeMB raisi shaffof tarzda Bretton-Vuds tizimining zavol topishi va dollarning muqarrar inqiroziga ishora qildi. Yuan va rupiyaning ahamiyati ortib borayotganini ta’kidlab, u "xalqaro zaxira valyutasi maqomini endi qabul qilib bo‘lmasligini" ta’kidladi.
Bu haqiqatan ham Yevropa Markaziy banki raisi uchun juda kuchli nutq bo‘ldi. Vaholanki, uning vazifasi investorlarda xotirjamlik uyg‘otish va bozorlardagi vahima paydo bo‘lishining oldini olish edi.
"Menimcha, u savdo va investitsiyalar sohasida katta o‘zgarishlarga tayyorlanmoqda", - deydi investor Jey Nyuman. "Sof fransuz uslubida, u yevro hech qachon bo‘lmagan global yetakchilikni qo‘lga kiritishi ehtimoligia ishora qilmoqda", deb xavotir bildirdi savdogar Pol Podolskiy. Hozircha bu yetakchilik dollarga tegishli. Ammo Lagardning fikricha, bu uzoq davom etmaydi.
Shu bilan birga, Kristin Lagard Amerika moliyaviy elitasiga qarshi yashirincha kurashayotgan yevropalik partizan emas. Uning vatandoshi Dominik Strauss-Kan juda isonchi edi. 2011-yilda u Vashington konsensusi jahon iqtisodiyoti uchun yomon ekanligini aytdi. Shundan so‘ng oradan bir oy ham o‘tmasdan uni Nyu-Yorkda qora tanli xizmatkor bilan aloqada bo‘lganlikda ayblanib hibsga olishdi va butun dunyoga sharmanda qilib XVJ rahbari lavozimidan haydashdi.
Uning o‘rniga kelgan fransuz ayoli Kristin Lagard umriningg yarmini AQShda o‘tkazgan edi. Keyin Amerika moliyaviy elitalari uni ehtiyotkorlik bilan Yevropa Markaziy banki direktori lavozimiga ko‘tarishdi.
Bugungi kunda hech kim Kristin Lagardni hibsga olishga urinmayapti, garchi uning bayonotlari Strauss-Kan aytgan hamma narsadan ko‘ra shov-shuvliroq bo‘lsa-da. Darhaqiqiat, u dunyoning zaxira valyutasi sifatida dollar gegemonligining tugashini bashorat qilmoqda. Ammo agar u buni amerikalik qo‘llab-quvvatlovchilarning buyrug‘i bilan qilayotgan bo‘lsa, bu nimani anglatadi? Ehtimol bu ularning tanazzuldan chiqish sssenariysidir?
Dollarni tushirish orqali ular bir vaqtning o‘zida Qo‘shma Shtatlarning ulkan qarzlarini qadrsizlantiradilar. Ehtimol AQSh mashhur film qahramoni aytganidek “Men kimdan qarzdor bo‘lsam, hammasidan kechdim”, qabilida o‘z qarzlaridan voz kechmoqchidir?