https://oz.sputniknews.uz/20230927/byd-xorij-birinchi-zavod-ozbekiston-39349533.html
Xitoyning BYD kompaniyasi xorijdagi birinchi zavodini O‘zbekistonda ochmoqchi
Xitoyning BYD kompaniyasi xorijdagi birinchi zavodini O‘zbekistonda ochmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Zavodda dastlab 50 ming dona avtomobil ishlab chiqarish, keyinchalik ko‘rsatkichni 300 mingga yetkazish rejalashtirilgan.
2023-09-27T09:55+0500
2023-09-27T09:55+0500
2023-09-27T11:01+0500
iqtisod
o‘zbekiston
xitoy
avtomobil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/15/21016898_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_a37f599505be3b3e614362dc03bee233.jpg
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Xitoyning BYD (Build Your Dreams) kompaniyasi xorijdagi birinchi zavodini O‘zbekistonda ochmoqchi. Bu haqda “O’zavtosanoat” xabar berdi."BYD Company Ltd" asoschisi va prezidenti Van Chuanfu boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Delegatsiyaning mamlakatga tashrifi doirasida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda kompaniya o‘rtasida investitsion kelishuv imzolandi.Qayd etilishicha, kompaniya Xitoydagi butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonalarni O‘zbekistonga olib kelish orqali avtomobillarning mahalliylashtirish darajasini bosqichma bosqich oshirishida har tomonlama ko‘mak berishga tayyor.BYD mahsulotlarining O‘zbekiston bozoriga kirib kelishining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi natijasida Xitoy tomoni uchun mazkur sohada yangi rejalarni kengaytirish imkonini berdi.Tashrif doirasida delegatsiya “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida tez orada BYD brendi ostida yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillar ishlab chiqarilishi kutilayotgan "BYD Uzbekistan Factory" zavodidagi ishlar bilan yaqindan tanishishadi.Ta’kidlanishicha, mazkur zavodga aloqador bo‘lgan asosiy liniyalardagi (payvandlash, bo‘yash, yig‘ish) uskuna va jihozlarining texnik talablari va joylashuv sxemasini o‘z ichiga olgan barcha texnologik meyorlar, shuningdek, ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha batafsil rejasi Xitoy kompaniyasi muhandislari tomonidan muddatidan olti oy oldin yakunlandi.Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili “O‘zavtosanoat” va “BYD Company Ltd” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik kelishuvi tuzilgan. Xuddi shu yilning dekabr oyida “BYD Company Ltd” qo‘shma korxonasini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolandi.Ma’lumot uchun, 1995-yilda tashkil etilgan BYD kompaniyasi hozirda yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi sanaladi.
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/15/21016898_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_1483a079ea3f176e43c4a13a1d98fa6b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
xitoy byd kompaniyasi zavod o‘zbekistonda byd company ltd byd uzbekistan factory
xitoy byd kompaniyasi zavod o‘zbekistonda byd company ltd byd uzbekistan factory
Xitoyning BYD kompaniyasi xorijdagi birinchi zavodini O‘zbekistonda ochmoqchi
09:55 27.09.2023 (yangilandi: 11:01 27.09.2023) Zavodda dastlab 50 ming dona avtomobil ishlab chiqarish, keyinchalik ko‘rsatkichni 300 mingga yetkazish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Xitoyning BYD (Build Your Dreams) kompaniyasi xorijdagi birinchi zavodini O‘zbekistonda ochmoqchi. Bu haqda “O’zavtosanoat”
xabar berdi. "BYD Company Ltd" asoschisi va prezidenti Van Chuanfu boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Delegatsiyaning mamlakatga tashrifi doirasida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda kompaniya o‘rtasida investitsion kelishuv imzolandi.
“Mazkur kelishuvga ko‘ra, Xitoy kompaniyasi tomonidan yurtimizda amalga oshirilayotgan loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishi va yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi BYD avtomobillarini to‘liq zanjir asosida ishlab chiqarish, ya’ni payvandlash, bo‘yash, yig‘ish jarayonlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, kompaniya Xitoydagi butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonalarni O‘zbekistonga olib kelish orqali avtomobillarning mahalliylashtirish darajasini bosqichma bosqich oshirishida har tomonlama ko‘mak berishga tayyor.
BYD mahsulotlarining O‘zbekiston bozoriga kirib kelishining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi natijasida Xitoy tomoni uchun mazkur sohada yangi rejalarni kengaytirish imkonini berdi.
“Zavodda dastlab 50 ming dona avtomobil ishlab chiqarish, keyinchalik ko‘rsatkichni 300 mingga yetkazish rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.
Tashrif doirasida delegatsiya “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida tez orada BYD brendi ostida yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillar ishlab chiqarilishi kutilayotgan "BYD Uzbekistan Factory" zavodidagi ishlar bilan yaqindan tanishishadi.
Ta’kidlanishicha, mazkur zavodga aloqador bo‘lgan asosiy liniyalardagi (payvandlash, bo‘yash, yig‘ish) uskuna va jihozlarining texnik talablari va joylashuv sxemasini o‘z ichiga olgan barcha texnologik meyorlar, shuningdek, ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha batafsil rejasi Xitoy kompaniyasi muhandislari tomonidan muddatidan olti oy oldin yakunlandi.
"Bugungi kunda BYD kompaniyasining 7 ta dilerlik va servis markazlari faoliyat olib bormoqda, yil yakuniga qadar boshqa viloyatlarda ham yana 6 ta markazning ochilishi kutilmoqda", — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili “O‘zavtosanoat” va “BYD Company Ltd” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik kelishuvi tuzilgan. Xuddi shu yilning dekabr oyida “BYD Company Ltd” qo‘shma korxonasini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolandi.
Ma’lumot uchun, 1995-yilda tashkil etilgan BYD kompaniyasi hozirda yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi sanaladi.