Xanchjou-2022: O‘zbekiston vakillari yana 5 ta medal qo‘lga kiritdi

© AP Photo / Eugene HoshikoXanchjou, Xitoy
Xanchjou, Xitoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston vakillari Osiyo o‘yinlarida medallar qo‘lga kiritishda davom etmoqda.
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Osiyo o‘yinlarida yana bir qator medallarni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonlik taekvondochi Charos Qayumova o‘z nomini sovrindorlar qatoriga yozdirib qo‘ydi. -53 kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchi yarim finalda Xitoy Taipeyi vakilasiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va bronza medali bilan taqdirlandi. Bu bilan o‘zbekistonlik taekvondochilar jamg‘argan medallar soni uchtaga yetdi.
© NOKXanchjou-2022
Xanchjou-2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2023
-90 kg vazn toifasining finalida ishtirok etgan dzudochi Davlat Bobonov qirg‘izistonlik Yerlan Sherovga imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan cheklandi.
© NOKXanchjou-2022
Xanchjou-2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2023
Dzudochi Irisxon Qurbonboyeva esa -78 kg vazn toifasining bronza medaliga sazovor bo‘ldi. O‘zbekistonlik sportchi uchinchi o‘rin uchun bahsda mo‘g‘ulistonlik Xuslen Otgonbayarni mag‘lub etdi.
© NOKXanchjou-2022
Xanchjou-2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2023
Shuningdek, o‘zbekistonlik ushuchi Darya Latisheva ham bugun delegatsiya hisobiga yana bir medalni taqdim qildi. Sportchi nankuan va nandao dasturlari yakuniga ko‘ra, Xitoy hamda Malayziya vakillaridan keyin bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu Darya uchun Osiyo o‘yinlaridagi ikkinchi medal. U 2018-yilgi musobaqada kumush medal sohibiga aylangan edi.
© NOKXanchjou-2022
Xanchjou-2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2023
Muzaffarbek To‘raboyev esa dzudo bo‘yicha -100 kg vazn toifasida chempionlikni qo‘lga kiritib,O‘zbekiston delegatsiyasigaushbu Osiyo o‘yinlaridagi beshinchi oltin medalni keltirdi. Sportchi qiziqarli kechgan final bahsida mo‘g‘ulistonlik Gonchigsuren Batxuyagni mag‘lubiyatga uchratdi.
© NOKXanchjou-2022
Xanchjou-2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2023
Yangiliklar lentasi
0