https://oz.sputniknews.uz/20230926/qirgiziston-un-bugdoy-eksport-taqiq-ozbekiston-39325357.html
Qirg‘izistonning un va bug‘doy eksportini taqiqlashi O‘zbekistonga ta’sir qiladimi?
Qirg‘izistonning un va bug‘doy eksportini taqiqlashi O‘zbekistonga ta’sir qiladimi?
Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘izistonning un va bug‘doy eksportini ta’qiqlashi O‘zbekistonda bozor va undagi narh-navo tebranmasiga salbiy ta’sir o‘tkazmaydi.
2023-09-26T14:10+0500
2023-09-26T14:10+0500
2023-09-26T17:27+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qirg‘iziston
un
eksport
qishloq xo‘jaligi vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/16/25520989_0:0:620:349_1920x0_80_0_0_ee683fbd7562d8c4da237423d1455140.jpg
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Qirg‘iziston O‘zbekistonning bug‘doy va don masalalaridagi asosiy importor mamlakat emas. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot kotibi Dilshod Nazirov Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.Qirg‘iziston bug‘doy uni va oziq-ovqat bug‘doyi donining eksportiga olti oy muddatga taqiq joriy etmoqda. Mamlakatning bug‘doy va don mahsulotlari O‘zbekiston bozoriga eksport qilinish salmog‘i kam. Shuning uchun Qirg‘izistonning un va bug‘doy eksportini taqiqlashi O‘zbekistonda bozor va undagi narx-navo tebranmasiga salbiy ta’sir o‘tkazmaydi.Misol uchun o‘tgan 8 oy davomida Qirg‘izistondan jami 1,5 ming tonna bug‘doy kirgan.Qo‘shimcha qilinishicha, har kuni Tovar-xomashyo birjasiga ma’lum miqdorda bug‘doy savdoga qo‘yilmoqda. Sotuv hajmi qoldiq tendensiyasini ko‘rsatmoqda. Misol uchun, 40 tonna birjaga qo‘yilsa, 28-30 tonnasi xarid qilinmoqda.Aytilishicha, bug‘doy va don bo‘yicha eng katta importor - Qozog‘iston Respublikasi.Ta’kidlanishicha, bugungi kunda bug‘doy bo‘yicha vujudga kelgan masala vaqtinchalik tusga ega bo‘lib, har yili asosiy bug‘doy eksport qiluvchi mamlakatlardagi hosil yig‘ish va uni qayta ishlash quvvatlaridagi rejali ishlar bilan bog‘liq.Qo‘shimcha qilinishicha, bu har yili ayni fasl va oyda kuzatiladigan holat bo‘lib, uni bozorlarda narxlarning spekulyativ oshirish maqsadlari uchun ishlatishga yetarli asos sifatida qabul qilmaslik joiz.
o‘zbekiston
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/16/25520989_11:0:476:349_1920x0_80_0_0_141339d98c61524ad42f48f493961b2b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qirg‘iziston un bug‘doy eksport o‘zbekistonda bozor narh-navo qishloq xo‘jaligi vazirligi
qirg‘iziston un bug‘doy eksport o‘zbekistonda bozor narh-navo qishloq xo‘jaligi vazirligi
Qirg‘izistonning un va bug‘doy eksportini taqiqlashi O‘zbekistonga ta’sir qiladimi?
14:10 26.09.2023 (yangilandi: 17:27 26.09.2023) Qirg‘izistonning un va bug‘doy eksportini taqiqlashi O‘zbekistonda bozor va undagi narx-navo tebranmasiga salbiy ta’sir o‘tkazmaydi.
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Qirg‘iziston O‘zbekistonning bug‘doy va don masalalaridagi asosiy importor mamlakat emas. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot kotibi Dilshod Nazirov
Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Qirg‘iziston bug‘doy uni va oziq-ovqat bug‘doyi donining eksportiga olti oy muddatga taqiq
joriy etmoqda. Mamlakatning bug‘doy va don mahsulotlari O‘zbekiston bozoriga eksport qilinish salmog‘i kam. Shuning uchun Qirg‘izistonning un va bug‘doy eksportini taqiqlashi O‘zbekistonda bozor va undagi narx-navo tebranmasiga salbiy ta’sir o‘tkazmaydi.
“Taqiq kiritayotgan mamlakat eksportor mamlakat bilan taqiq masalalarini kelishmaydi. Chunki bu o‘sha mamlakatning ichki oziq-ovqat xavfsizligi masalasi bilan chambarchas bog‘liq. Ammo hukumatlararo kelishuvlar bor, halqaro meyoriy bitimlar bor. Ularda keltirilgan bandlarni ushbu majburiyatni olgan mamlakatlar bajarishi shart”, — dedi Dilshod Nazirov.
Misol uchun o‘tgan 8 oy davomida Qirg‘izistondan jami 1,5 ming tonna bug‘doy kirgan.
“Ko‘rinib turibdiki, mazkur ulush ichki bozorimizdagi bug‘doy va don mahsulotlari narxiga ta’sir qilish darajasida emas. Shu bilan birga bu yil O‘zbekistonda 8,1 mln tonna bug‘doy hosili yetishtirilgan bo‘lib, mamlakat to‘liq o‘zining bug‘doyini qayta ishlash va ta’minotga yo‘naltirish quvvatiga ega. Ehtiyojdan ortiq darajada mahsulot mavjud. Xavotirga aslo o‘rin yo‘q”, — dedi u.
Qo‘shimcha qilinishicha, har kuni Tovar-xomashyo birjasiga ma’lum miqdorda bug‘doy savdoga qo‘yilmoqda. Sotuv hajmi qoldiq tendensiyasini ko‘rsatmoqda. Misol uchun, 40 tonna birjaga qo‘yilsa, 28-30 tonnasi xarid qilinmoqda.
“Demak, bozorimiz bug‘doy mahsuloti bilan to‘liq ta’minlangan va uni qayta ishlash jarayonlari jadallik bilan amalga oshirilyapti. Natijada mahalliy bozorga mahalliy un mahsuloti yetarlicha taqdim etilmoqda. Bu borada aslo taqchillik kuzatilgan emas”, — deya qayd etdi Nazirov.
Aytilishicha, bug‘doy va don bo‘yicha eng katta importor - Qozog‘iston Respublikasi.
Ta’kidlanishicha, bugungi kunda bug‘doy bo‘yicha vujudga kelgan masala vaqtinchalik tusga ega bo‘lib, har yili asosiy bug‘doy eksport qiluvchi mamlakatlardagi hosil yig‘ish va uni qayta ishlash quvvatlaridagi rejali ishlar bilan bog‘liq.
“Bu yil ob-havo sharoiti tufayli Rossiya va Qozog‘istonda bug‘doy o‘rimi biroz kechikayapti. Shu bilan birga 15 kunga un tegirmonlarida joriy profilaktik tadbirlarni o‘tkazilishi-riteylerlar tomonidan narxning oshirilishiga omil bo‘ldi” — deya qayd etdi Nazirov.
Qo‘shimcha qilinishicha, bu har yili ayni fasl va oyda kuzatiladigan holat bo‘lib, uni bozorlarda narxlarning spekulyativ oshirish maqsadlari uchun ishlatishga yetarli asos sifatida qabul qilmaslik joiz.