https://oz.sputniknews.uz/20230926/qirgiziston-ota-ona-qariyalar-uyi-farzandlar-jazolash-39321105.html
Qirg‘izistonda ota-onasini qariyalar uyiga berayotganlarni jazolash taklif qilinmoqda
Qirg‘izistonda ota-onasini qariyalar uyiga berayotganlarni jazolash taklif qilinmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘izistonlik deputatlar ota-onasi qariyalar uyida yashayotgan shaxslarni davlat organlariga ishga olmaslikni taklif qilishmoqda.
2023-09-26T12:13+0500
2023-09-26T12:13+0500
2023-09-26T12:48+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
qirg‘iziston
aliment
deputatlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1402/73/14027351_249:948:2033:1952_1920x0_80_0_0_b70ea1dd023d71d4dd0e24c81d878b39.jpg
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Qirg‘izistonda ota-onasini qariyalar uyiga berayotgan va aliment to‘lamayotgan farzandlarni jazolash taklif qilinmoqda. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar berdi.Qayd etilishicha, tegishli qonun loyihasini parlamentning tegishli qo‘mitasi allaqachon ma’qullagan.Hujjat loyihasida ota-ona qaramog‘idan bo‘yin tovlagan (aliment to‘lamagan) bolalar uchun 50-100 ming som miqdorida jarima solish yoki 1-2 yilga ozodlikdan mahrum qilish taklif qilinmoqda.Shuningdek, deputatlar ota-onasi qariyalar uyida yashayotgan shaxslarni davlat organlariga ishga olmaslikni ham taklif qilishmoqda.Ma’lumot uchun, hozirda Qirg‘izistonda jami olti qariyalar uyi bor.
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1402/73/14027351_313:787:1979:2037_1920x0_80_0_0_7eb4cc430bdf78b5ce82ee10cce17c07.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qirg‘iziston deputatlar ota-ona qariyalar uyi davlat organlari qonun loyihasi aliment
qirg‘iziston deputatlar ota-ona qariyalar uyi davlat organlari qonun loyihasi aliment
Qirg‘izistonda ota-onasini qariyalar uyiga berayotganlarni jazolash taklif qilinmoqda
12:13 26.09.2023 (yangilandi: 12:48 26.09.2023) Qirg‘izistonlik deputatlar ota-onasi qariyalar uyida yashayotgan shaxslarni davlat organlariga ishga olmaslikni taklif qilishmoqda.
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Qirg‘izistonda ota-onasini qariyalar uyiga berayotgan va aliment to‘lamayotgan farzandlarni jazolash taklif qilinmoqda. Bu haqda
Sputnik Qirg‘iziston xabar berdi.
Qayd etilishicha, tegishli qonun loyihasini parlamentning tegishli qo‘mitasi allaqachon ma’qullagan.
Hujjat loyihasida ota-ona qaramog‘idan bo‘yin tovlagan (aliment to‘lamagan) bolalar uchun 50-100 ming som miqdorida jarima solish yoki 1-2 yilga ozodlikdan mahrum qilish taklif qilinmoqda.
“Qariyalar uyiga yashovchi shaxs kirsa, uning direktori aliment undirish uchun sudga murojaat qilishi kerak bo‘ladi. Bu qoida zarur, chunki hozir ota-onalar aliment olish uchun ariza yozishdan bosh tortmoqda", — deydi deputat Tazabek Ikromov.
Shuningdek, deputatlar ota-onasi qariyalar uyida yashayotgan shaxslarni davlat organlariga ishga olmaslikni ham taklif qilishmoqda.
Ma’lumot uchun, hozirda Qirg‘izistonda jami olti qariyalar uyi bor.