https://oz.sputniknews.uz/20230926/parkentda-aholi-yashaydigan-hududga-ayiq-tushib-keldi-39337304.html
Parkentda aholi yashaydigan hududga ayiq tushib keldi
Parkentda aholi yashaydigan hududga ayiq tushib keldi
Sputnik O‘zbekiston
Ayiq ozuqa izlab, aholi yashash punktiga tushib kelgan va fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 14 bosh qo‘ydan 2 tasini olib ketgan.
2023-09-26T17:51+0500
2023-09-26T17:51+0500
2023-09-26T17:51+0500
jamiyat
o‘zbekiston
parkent tumani
hayvonlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/1a/39337391_146:82:712:400_1920x0_80_0_0_532e1322595d6d815f90204a7f5c2c59.jpg
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Parkent tumani bo‘limiga 21-sentabr kuni soat 09:30 larda "So‘qoq" qishlog‘ining "Tosar" hududidagi "So‘qoq Laziz Soli" fermer xo‘jaligi yer maydonlariga 20-sentabr kuni tunda Tan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i kelib qolganligi haqida murojaat kelib tushdi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.Murojaatga asosan Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Parkent tumani bo‘limi xodimlari va "WILDLIFE" zopitomnigi xodimlaridan iborat ishchi guruh voqea joyiga borib, holatni o‘rgangan. O‘rganish natijasida "So‘qoq Laziz Soli" fermer xo‘jaligi yer maydonida qo‘ylarga mo‘ljallangan qo‘ra yog‘ochlari singanligi ma’lum bo‘lgan.Ushbu hududda dala shiyponlarida yashovchi 4 ta oila 30 dan ortiq qora mol, qo‘y va echkilari bilan birga o‘zlarining yashash xonadonlariga ko‘chirib yuborildi.Ta’kidlanishicha, 21-sentabrdan boshlab ayiq tushib kelgan hudud Parkent tumani Ekologiya bo‘limi, "WILDLIFE" MChJ xodimlari hamda Parkent tumani IIB nozirlari tomonidan doimiy nazorat qilinmoqda. Hozircha hech qanday ayiq yoki boshqa yovvoyi hayvonlar kuzatilmagan.
o‘zbekiston
parkent tumani
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/1a/39337391_269:105:662:399_1920x0_80_0_0_bf9eecab2d5cdb04e07700c2980069f9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
parkent ayiq
Parkentda aholi yashaydigan hududga ayiq tushib keldi
Ayiq ozuqa izlab, aholi yashash punktiga tushib kelgan va fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 14 bosh qo‘ydan 2 tasini olib ketgan.
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Parkent tumani bo‘limiga 21-sentabr kuni soat 09:30 larda "So‘qoq" qishlog‘ining "Tosar" hududidagi "So‘qoq Laziz Soli" fermer xo‘jaligi yer maydonlariga 20-sentabr kuni tunda Tan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i kelib qolganligi haqida murojaat kelib tushdi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
xabar berdi. Ta’kidlanishicha, 2023-yilda qish fasli sovuqroq kelganligi sababli tog‘li hududlardagi ayrim mevali daraxt va butalarni sovuq urib, hosil juda kamayib ketgan. Natijada ayiq ozuqa izlab, aholi yashash punktiga tushib kelgan va fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 14 bosh qo‘ydan 2 tasini olib ketgan. Bir bosh qo‘y yarador qilingan.
Murojaatga asosan Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Parkent tumani bo‘limi xodimlari va "WILDLIFE" zopitomnigi xodimlaridan iborat ishchi guruh voqea joyiga borib, holatni o‘rgangan. O‘rganish natijasida "So‘qoq Laziz Soli" fermer xo‘jaligi yer maydonida qo‘ylarga mo‘ljallangan qo‘ra yog‘ochlari singanligi ma’lum bo‘lgan.
Ushbu hududda dala shiyponlarida yashovchi 4 ta oila 30 dan ortiq qora mol, qo‘y va echkilari bilan birga o‘zlarining yashash xonadonlariga ko‘chirib yuborildi.
Ta’kidlanishicha, 21-sentabrdan boshlab ayiq tushib kelgan hudud Parkent tumani Ekologiya bo‘limi, "WILDLIFE" MChJ xodimlari hamda Parkent tumani IIB nozirlari tomonidan doimiy nazorat qilinmoqda. Hozircha hech qanday ayiq yoki boshqa yovvoyi hayvonlar kuzatilmagan.