https://oz.sputniknews.uz/20230926/mirziyoev-jogorku-keneshi-toragasi-39341164.html
Mirziyoyev Qirg‘iziston Jogorku Keneshi torag‘asini qabul qildi
Mirziyoyev Qirg‘iziston Jogorku Keneshi torag‘asini qabul qildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrif bilan mamlakatda bo‘lib turgan Qirg‘iziston Jogorku Keneshi torag‘asi Nurlanbek Shakiyevni qabul qildi.
2023-09-26T18:19+0500
2023-09-26T18:19+0500
2023-09-26T18:25+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
o‘zbekiston
qirg‘iziston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/1a/39337627_0:52:1188:720_1920x0_80_0_0_4e8501b3e183fc2be32e8d656a1d7716.jpg
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrif bilan mamlakatda bo‘lib turgan Qirg‘iziston Jogorku Keneshi torag‘asi Nurlanbek Shakiyevni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va keng ko‘lamli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.Suhbatda ikki tomonlama hamkorlik bugun yuksak darajaga chiqqani va sermahsul bo‘layotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Xususan, turli darajalarda faol muloqot va almashinuvlar olib borilmoqda, tovar ayirboshlash va yuk tashish hajmi ortmoqda, kooperatsiya loyihalari, shu jumladan, qo‘shma jamg‘arma investitsiyalarini jalb qilgan holda amalga oshirilmoqda.Ko‘p qirrali munosabatlarni kengaytirish, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish va istiqbolli loyihalarni ilgari surish, hududlar va ishbilarmonlar darajasida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda mamlakatlarda madaniy-gumanitar tadbirlarni o‘tkazishda yaqin parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish alohida ahamiyatga ega ekani qayd etildi.Ixtisoslashtirilgan xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik va o‘zaro muvofiqlashuvni kuchaytirish muhim ekani ta’kidlandi.
https://oz.sputniknews.uz/20230926/narbaeva-qirgiziston-jogorku-keneshi-toragasi-39335311.html
o‘zbekiston
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/1a/39337627_120:33:1115:779_1920x0_80_0_0_d1d5f274bd210439e001b532fdf550f8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev qirg‘iziston jogorku keneshi torag‘asi nurlanbek shakiyev uchrashuv qabul
shavkat mirziyoyev qirg‘iziston jogorku keneshi torag‘asi nurlanbek shakiyev uchrashuv qabul
Mirziyoyev Qirg‘iziston Jogorku Keneshi torag‘asini qabul qildi
18:19 26.09.2023 (yangilandi: 18:25 26.09.2023) Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi keng ko‘lamli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash muhokama qilindi.
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrif bilan mamlakatda bo‘lib turgan Qirg‘iziston Jogorku Keneshi torag‘asi Nurlanbek Shakiyevni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar berdi. Qayd etilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va keng ko‘lamli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Suhbatda ikki tomonlama hamkorlik bugun yuksak darajaga chiqqani va sermahsul bo‘layotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.
Xususan, turli darajalarda faol muloqot va almashinuvlar olib borilmoqda, tovar ayirboshlash va yuk tashish hajmi ortmoqda, kooperatsiya loyihalari, shu jumladan, qo‘shma jamg‘arma investitsiyalarini jalb qilgan holda amalga oshirilmoqda.
Ko‘p qirrali munosabatlarni kengaytirish, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish va istiqbolli loyihalarni ilgari surish, hududlar va ishbilarmonlar darajasida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda mamlakatlarda madaniy-gumanitar tadbirlarni o‘tkazishda yaqin parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish alohida ahamiyatga ega ekani qayd etildi.
Ixtisoslashtirilgan xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik va o‘zaro muvofiqlashuvni kuchaytirish muhim ekani ta’kidlandi.