Mask Kanada ayblovidan keyin Rossiya yonini oldi

© AFP 2023 / Joel SagetIlon Mask prinimayet uchastie v meropriyatii vo vremya yarmarki texnologicheskix startapov i innovatsiy Vivatech v vistavochnom sentre Porte de Versailles v Parije 16-iyunya 2023 goda.
Ilon Mask prinimayet uchastie v meropriyatii vo vremya yarmarki texnologicheskix startapov i innovatsiy Vivatech v vistavochnom sentre Porte de Versailles v Parije 16-iyunya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2023
Obuna bo‘lish
Avvalroq Jastin Turdo Kanada parlamentiga natsistning taklif etilishi haqidagi xabarlardan go‘yoki Rossiya manfaatdor ekanini aytgan edi.
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Kanada bosh vaziri Jastin Turdoning Kanada parlamentiga natsistning taklif etilishi haqidagi xabarlar Rossiya propagandasi bo‘lganini aytgan bayonotiga munosabat bildirdi.
“Hech kimni shok holatiga tushirishni istamayman, biroq hamma narsa ham Rossiya dezinformatsiyasi emasligining kichik ehtimoli bor”, - deya izoh yozdi Mask X ijtimoiy tarmog‘idagi Kanada hukumati rahbari videosi ostiga.
Avvalroq “Associated Press” agentligi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Kanada parlamentida so‘zlagan nutqi chog‘ida yig‘ilganlar Ikkinchi jahon urushi yillarida “Galitsiya” SS diviziyasi xizmat qilgan 98 yoshli ukrainalik millatchini olqishlagani aks etgan suratni chop qilgan edi.
Suratlardan biri shunday nomlangan edi: “Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Kanada bosh vaziri Jastin Trudo Ikkinchi jahon urushi yillarida 1-Ukraina diviziyasida xizmat qilgan, qilgan Kanadaga ko‘chib ketgan Yaroslav Xunkani olqishladi”.
Rossiyaning Ottavadagi elchixonasi Kanada TIV va bosh vazir Jastin Trudo ofisiga Kanada parlamentida ukrainalik natsistning olqishlanishi munosabati bilan nota yuborishini ma’lum qilgan.
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova natsistning olqishlanishini global fojiaga olib kelishi mumkin bo‘lgan fars (maynavozchilik) deb atadi.
Yangiliklar lentasi
0